Uchqo‘rg‘on pedagogika kollejiga tashrif buyursangiz atrofning ozodaligidan, did bilan bezatilgan sinf xonalari, yo‘laklarni bezab turgan anvoyi gullardan bahri dilingiz ochiladi. Uzingizni xotirjam his etasiz. Kollej direktori, pedagogika fanlari nomzodi, Xalq ta’limi a’lochisi Esonboeva Diloromxon sizni ochiq chehra bilan kutib oladi. Olima bilan so‘zlashsangiz, teran fikrli bu ustozga mahliyo bo‘lib qolasiz. U bilimli, izlanuvchan, dunyoqarashi keng ijodkor rahbardir. Rahbarlik bilan bir qatorda "Informatika", "Axborot texnologiyalari", "Multimedia tizimlari" fanlaridan talabalarga bilim berib, shu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv- uslubiy va test to‘plamlari chop etgan. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor A.A.Abduqodirov rahbarligida Diloromxon o‘z ustida tinmay ishlashi natijasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversi- tetida "Informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan noan’anaviy darslar va ularni o‘tish metodikasi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat universiteti, Andijon Davlat universiteti va Namangan Davlat universiteti ilmiy anjumanlarida ishtirok etdi. "Xalq ta’limi" jurnali va matbuotda 50 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. "Yangi axborot texnologiyalari asosida informatikadan noan’anaviy darslar o‘tish" va "Informatikadan testlar to‘plami" qo‘llanmalarini chop ettirdi. U rahbarlik qilayotgan kollej talabalari respublika va viloyat miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarida faol ishtirok etib kelishmoqda. Rahbar tashabbusi va taklifiga binoan o‘quv yurtida byudjetdan tashqari "Biznes bo‘limi" faoliyatidan topilgan pul mablag‘larini asosiy qismi, kollejda ta’lim olayotgan, kam ta’minlangan oila farzandlari hamda xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. O‘quv yurtida voyaga yetmagan o‘quvchilar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Bularning har biriga tajribali pedagog-o‘qituvchilar rahbar buyrug‘i asosida murabbiy etib biriktirilgan.Esonboeva Diloromxon 2006-yili Germaniyada malaka oshirib, maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi hamda u yerda olgan bilimlarini viloyatdagi akademik litsey va kasb hunar kollejlari direktorlari va informatika fani o‘qituvchilari o‘rtasida keng targ‘ib qildi.U g‘amxo‘rligi va fidoyiligi bilan kollej jamoasi o‘rtasida hurmat-e’tiborga ega. Diloromxon haqiqiy o‘zbek ayolining fidoyi bir jonkuyari. U shuncha mehnatni o‘zi uchun yoki o‘zgalarga ko‘z-ko‘z etish uchun emas kasbini sevgani, yoshlar ertangi yorug‘ kunimiz egalari ekanini yurakdan his etgani uchun ham bajaradi. Izlanuvchan olima ayol izlanishdan charchamasin, ikki dilbandining rohatini ko‘rsin, deymiz.