O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Farmonova Nodira Tohirovna

Farmonova Nodira    Toshkent Farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasining dotsenti, farmatsiya fanlari nomzodi Farmanova Nodira Tohirovnaning asosiy ilmiy yo‘nalishi - mahalliy dorivor o‘simliklar xom ashyosi asosida yangi yig‘malar yaratish, sifatini baholash, standartlash ustida ilmiy izlanishlar olib borishdan iborat.
  Dotsent Nodira Farmonova 70 ga yaqin ilmiy ishlar va 20 ta o‘quv - uslubiy ishlanmalar, 1 ta me’yoriy hujjat va 1 ta dastlabki patent muallifi. Ilmiy izlanish natijalari Toshkent farmatsevtika instituti 3 va 5 kurs talabalarining o‘quv jarayonlariga tatbiq etilgan.
  Nodira Tohirovna jamoat ishlarida juda faol, institut xotin - qizlar qo‘mitasi a’zosi, 2013 yildan buyon Toshkent farmatsevtika instituti kasaba uyushma qo‘mitasining a’zosi. Nodira Farmonova ilmiy - uslubiy va kasbiy tayyorlashning barcha bosqichlarini o‘tagan bo‘lib, yuqori tajribali mutaxassisdir.
  Nodira Tohirovna tomonidan talabalar uchun yuqori ilmiy - uslubiy darajada olib borilayotgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar kafedranint yetuk mutaxassislari tomonidan yuqori baholangan. Bunda innovatsion pedagogik texnologiyalar, ilm - fanning so‘nggi yutuqlari, informatsion texnologiyalar va zamonaviy tahlil usullaridan keng foydalanadi.
  Dotsent Farmonova Nodira Tohirovna institutning jamoasi orasida o‘z obro‘ - e’tiboriga ega bo‘lib, ish jarayonidagi o‘ta talabchanligi, mas’uliyatliligi, bilimdonligi bilan ajralib turadi.
  Institutda iqtidorli talabalar bilan ilmiy ishlarni, o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy qilish hamda korporativ hamkorlik bo‘yicha faol ishlarni olib boradi. Talabalarning ilmiy - tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib kelmoqda. Iqtidorli talabalar ipstitut va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy - amaliy anjumanlar (Toshkent farmatsevtika nnstitutida o‘tkazilgan “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi ilmiy - amaliy anjumani”, Yosh olim va talabalarning “XXI asr - intellektual avlod asri” shiori ostidagi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiy ilmiy - amaliy konferentsiyasi va boshqalar)da faol ishtirok etdilar, hamda sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldilar.
  Nodira Farmonova Davlat byudjetlari bo‘yicha ilmiy - tadqiqot loyihalari doirasida ham ilmiy izlanishlar olib boradi; quyida u ishtirok etgan UzR VM huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan berilgan ilmiy - texnik va innovatsiya byudjetii keltirildi:
  2013 yildan boshlab Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash qoshidagi “Dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil etish”, “Farmatsevtik kimyo va farmakogpoziya” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi etib tayinlandi.
  Dotsent Farmonova Nodira Tohirovna ilmiy - uslubiy va kasbiy tayyorlashning barcha bosqichlarini o‘tagan bo‘lib, yuqori tajribali mutaxassisdir.
  Nodira Farmonova tomonidan ma’ruza va laboratoriya mashg‘uloglarini yuqori ilmiy - uslubiy darajada olib boradi. Bunda ipnovatsion pedagogik texnologiyalar, ilm - fanning so‘nggi yutuqlari, informatsion texnologiyalar va zamonaviy tahlil usullaridan keng foydalanadi.
  Farmatsevt kadrlarni tayyorlashda murabbiy sifatida o‘zining bilimi va tajribasini yetkazishga katta e’tibor berdi. Rejalashtirilgan o‘quv - uslubiy, ilmiy va jamoat ishlarini yuqori talab darajasida bajarib kelmoqda. Institut jamoat ishlarida faol ishtirok etib, “Ma’naviyat” kunlarida turli mavzudagi ma’ruzalari bilan qatnashgan.
  Ilmiy qiziqishlar sohasi O‘zbekiston florasining yangi samarali dorivor o‘simliklarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish, ulardan dori vositasini yaratish maqsadida o‘rganishdir.
  Nodira Tohirovnaning ilmiy izlanishlari natijalari O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Qozog‘istop ilmiy jurnallarida chop etilgan va ilmiy - amaliy anjumanlarda e’lon qilingan. U muntazam ravishda institutda o‘tkazib kelinayotgap “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” ilmiy - amaliy anjumanlarida faol ishtirok etib kelgan (2007-2013 yy.)
  Dotsent Nodira Farmonova institut professor - o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida o‘zining atrofidagilarga nisbatan e’tiborliligi, talabchanligi tufayli va o‘z sohasining yetuk mutaxassisi sifatida hurmatga sazovor bo‘lgan.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5