G‘afurjon G‘ulomov 1949 yilning 18 iyulida Namangan viloyati Norin tumani Haqqulobod shahrida tug‘ilgan.
1966 yili Namangan tumanidagi 18 - o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetiga o‘qishga kirdi. 1970 yili Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tamomlab, nazariyachi - fizik mutaxassisligiga ega bo‘ldi. Shu yili respublika Fanlar akademiyasining
Fizika - texnika institutida ilmiy xodim, aspirant, 1979 — 1983 yillarda O‘zFA Yadro fizikasi institutida muhandis - konstruktor lavozimlarida ishlagan.
1982 yili “Elektron va kovaklarning qizishini bir jinslik bo‘lmagan yarimo‘tkazgitaarning xarakteristikalariga ta’siri” mavzusida O‘zFA Fizika - texnika institutida fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan.
1983 yildan Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) assistent, dotsent lavozimlarida ishladi. 1999 yil fizika - matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
1989 yildan hozirgi kungacha Namangan sanoat - texnologiya instituti (hozirgi NamMPI) dotsent, keyinchalik professor, 2002 yildan fizika kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
G‘. G‘ulomov jamoatchilik asosida NamMPI ekspert komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashining a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Professor G‘. G‘ulomov rahbarligida 4 nafar fan nomzodligi dissertatsiyasi himoya qilindi. U 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlarning muallifidir.
Olim respublika fan va texnologiyalar markazining “Yarimo‘tkazgichlarda elektr yurituvchi kuchlar paydo bo‘lishining yangi mexanizmlari” mavzusi bo‘yicha davlat grantiga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi davrda “Yarimo‘tkazgichlarda fotoelektrik hodisalar”, “Kuchli elektromagnit maydondagi yarim - o‘tkazgichlar”, “Quyosh energiyasidan elektr energiyasi olish usullari” yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqda.
G‘. G‘ulomov viloyat hokimining qator “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlangan.