O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Gʻulomov Qodir Gʻafurovich

Gʻulomov Qodir Gʻafurovich (1945.15.2, Toshkent) - fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1980). Moskva davlat universitetini tugatgan (1968). Ayni paytda Dubnadagi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutda ishlagan (1967-1968). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim (1969-1970), Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1971-1988). “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktor muovini (1988—1989), Bosh direktori (1989-1999), Oʻzbekiston FA Bosh ilmiy kotibi (1991-1999), Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri (2000-2005). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, materialshunoslik sohalariga oid. Uning rahbarligida turli tipdagi quyosh kollektorlari, fotobatareyalar, yangi abraziv uskunalar, izolyatorlar va keramik buyumlar yaratildi hamda ularni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar40



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar40



Filologiya10