O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

G‘ulomov Yahyo

Gʻulomov Yahyo Gʻulomovich (1908.1.5 Toshkent (1977.10.1)) - tarixchi arxeolog olim. Oʻzbekiston FA akademigi(1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari doktori (1950), prof. (1955). Toshkentdagi Oʻzbekiston yerlar bilim yurtini (1926), Samarqanddagi Oʻzbekiston Ped. akademiyasini (1930) tugatgan. Toshkent ped. texnikumida oʻqituvchi (1931-1932). Ilmiy faoliyati 1933 y.dan boshlangan. Oʻzbekistonning qadimiy va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komitetida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933- 1940). SSSR FA Oʻzbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya boʻlimi mudiri (1940-43). 1943 y.dan Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti qad. va oʻrta asrlar tarixi boʻlimi mudiri, ayni vaqtda institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956-1959). Shuningdek, u Toshkent pedagogika institutida “Oʻzbekiston tarixi va arxeologiyasi” dan maxsus maʼruzalar oʻqigan, 1936 y.dan bir necha arxeologik ekspeditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va b.) ga rahbarlik qilgan. 1938-1950 y.larda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiya boshligʻining oʻrinbosari sifatida qatnashib, Xorazmning sugʻorilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib borgan. Gʻulomov Oʻzbekistonda tarix va arxeologiya sohalari boʻyicha oʻziga xos bay-nalmilal ilmiy maktab yaratgan. Uning Zarafshon va Fargʻona vodiylarida, shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan ilmiy tekshirishlari Oʻzbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishga katta hissa boʻldi. U, ayniqsa, Toshkent tarixi va uning yodgorliklarini tadqiq etishga alohida ahamiyat bergan. Toshkent kanali boʻylab, Toʻytepada maxsus arxeologik tadqiqotlar oʻtkazgan. 1966 y.dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish boʻyicha shaharda boshlangan ulkan qurilishlar munosabati bilan Toshkentning arxeologik obidalarini qayd etish va oʻrganish maqsadida maxsus Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasini tashkil etgan. “Xiva shahrining yodgorliklari” (rus tilida, 1941 y.), “Quyi Zarafshon vodiysida ib-tidoiy madaniyat va sugʻorma dehqonchilikning paydo boʻlishi” (rus tilida) kabi asarlar yozgan. “Oʻzbekiston tarixi” (4 jildli), “Samarqand tarixi” (2 jildli), “Buxoro tarixi” ning asosiy mualliflaridan. Vafotidan soʻng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002). Respublikada Gʻulomov xotirasiga bagʻishlangan “Akademik Y. Gʻulomov oʻqishlari” ni oʻtkazish ilmiy anʼanaga aylangan. Toshkentdagi koʻchalardan biri hamda Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutiga Gʻulomov nomi qoʻyilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar30



Tabiiy fanlar40



Filologiya15