O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hakimova Muhabbat Fayziyevna

    Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti “Axborot texnologiyalari va statistika” fakulteti, “Iktisodiy pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Hakimova Muhabbat Fayziyevna o‘zining ko‘p yillik pedagogik faoliyati, ilm - fan olamidagi o‘rni, ilmiy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati, faolligi bilan ko‘zga ko‘ringan olima ayollardan.
    Hakimova Muhabbat Fayziyevna Respublikada oligofrenopedagogika ixtisosligi bo‘yicha birinchi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan pedagog olima sifatida oliy malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelyapti. Shogirdlari ilmiy tadkiqotlar doirasida iktisodiy pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar kabi muammolar doirasida istiqbolli ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
    Muxabbat Hakimova kafedra mudiri, professori sifatida professor - o‘qituvchilar bilan birgalikda fundamental va amaliy loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
    Olima ta’lim - tarbiya muammolariga bag‘ishlangan monografiya, darsliklar, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar, 130 dan ortik risola, ilmiy va ilmiy - ommabop maqolalar muallifidir. Respublika va xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan ilmiy - amaliy anjumanlarda o‘zining bir qator ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. 2006 - 2014 o‘quv yillarida bir qancha o‘quv - uslubiy majmualar, ta’lim texnologiyalari, keys va loyihalash texnologiyalari, jumladan; “Pedagogik texnologiyalar”, “O‘zbek xalq pedagogikasi”, “Kasbiy pedagogika”, “Zamonaviy iqtisodchining shaxsi” hamda dars o‘tayotgan fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqdi.
    Professor Muhabbat Hakimova bugungi kunda yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash uchun universitetning ma’naviy - ma’rifiy ishlar rejasidan kelib chiqqan holda, har yili Davlat dasturi asosida belgilangan vazifalarni amalga oshirib bormoqda. Yoshlarni vatanparvarlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash orqali, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, jahonda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga nisbatan to‘gri munosabatni shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi va shunga binoan barcha o‘tkazilayotgan tadbirlar mazkur yo‘nalishga qaratilgan. Bu borada yurtimiz hayotida muhim hisoblangan masalalar doirasida muammolarni talabalar bilan muhokama qilish, siyosiy, ijtimoiy va ma’rifiy sohadagi asarlarni jumladan, Prezident asarlarini batafsil o‘rganish bilan ularda fikrlash jarayonini rivojlantirishga ahamiyat berilmoqda. Ushbu jarayonni amalga oshirishda u faol ishtirok etib kelmoqda.
    Shuningdek, Muhabbat Fayziyevna ma’naviy, ma’rifiy va ommaviy tadbirlarda, ya’ni; sport, badiiy uchrashuvlar, munozaralar, muloqot, sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va huquqiy madaniyatni oshirishga oid tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. “Ustoz – murabbiy” tizimida ham faoliyat olib borib, talabalar bilan ma’naviy - axloqiy va tarbiyaviy mazmundagi suhbatlar tashkil qilib, talaba- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ma’naviy - ma’rifiy ishlarda ham faol qatnashib kelmoqda.
    Uning ko‘p yillik pedagogik faoliyati hisobga olinib, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni va “O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
    Muhabbat Hakimova oilali, ikki nafar farzandi, to‘rt nafar nabirasi bor.
    Professor Hakimova Muhabbat Fayziyevna tomonidan chop etilgan asosiy ilmiy ishlar:
    “Maxsus maklablarda ta’lim - tarbiyaning pedagogik asoslari” (O‘quv qo‘llanma), “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar” (Kasb-hunar kollejlari uchun o‘kuv-uslubiy ko‘llanma), “Maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni kasb - hunarga tayyorlash” (Monografiya), “Qo‘l mehnati”. (Yordamchi maktablarning 1-2 sinflari uchun darslik), “Qo‘l mehnati” (Yordamchi maktablarning 3-4 sinflari uchun o‘quv qo‘llanma), “Pedagogik texnologiyalar”(O’quv qo’llanma),”Kasb pedagogikasi”(O‘quv qo‘llanma),”Programmы professionalnoy podgotovki uchaщshixsya ,umstvenno otstanyx detey “,  “Zamonaviy  iqtisodchining shaxsi”(O’quv qo’llanma), “Ways of professional training of children with the limited opportunites - Social and  Natural Sciences Journal. Published by Central Bohemia University.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar10



Filologiya10