O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hamidov G‘ulomjon

Biologiya  fanlari doktori , professor

    1936 yil 7 fevralda Andijon viloyati Andijon tumani Zavrak qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1954 yilda  o‘rta maktabni  imtiyozli  tamomlab, Samarqand   davlat universiteti   biologiya - tuproqshunoslik   fakultetiga  botanika  yo‘nalishi  bo‘yicha  o‘qishga   kirgan.  Mazkur oliy o‘quv  yurtini  1959 yilda   tamomlab,  shu yili  O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi   Botanika  institutida  katta laborant, kichik ilmiy xodim, laboratoriya mudiri  lavozimlarida  faoliyat  olib borgan.
    1967 yilda “Bo‘stonlik  rayonining asal - shirali  o‘simliklari” mavzusida nomzodlik  hamda  1989 yilda “O‘zbekistonning asalli o‘simliklari  resurslari va ulardan foydalanish” mavzusida  doktorlik   dissertatsiyalarini   muvaffaqiyatli himoya qilgan.
    Ilmiy faoliyatida  9644 ta asalli  o‘simliklar   turini  va ularning   nektar  ajratish  jarayonlarini  hamda  100 turdan  ortiq  yangi  asalli   o‘simliklarni  aniqlagan. Asalarichilik  sohasi  bo‘yicha  xalqaro  kongresslarda  maruza   bilan  ishtirok etgan. 1987 yilda  “Medonosnыe  rasteniya  Uzbekistana Uzbekistana i puti  ix  ratsioanlnogo  ispolzovaniya” nomli  monografiyasini   chop ettirgan.
    1991 yildan Farg‘ona davlat universitetida  o‘z faoliyatini   boshlagan.  Mehnat  faoliyati davomida kafedra  dotsenti, 1991 - 1994 yillarda kafedra  mudiri, 1994 - 2005 yillarda  kafedra  professori, 2005 - 2010 yillarda mudiri, 2010  yildan boshlab kafedra  professori  lavozimida  ishlab kelmoqda.
    Mamlakatimizning qator  viloyatlarida  ekilayotgan  o‘rta  va ingichka  tolali   paxta navlarining  nektar  va asal   mahsuldorligi   o‘rganilish natijasida  ingichka  tolali  paxta  navlarining   nektar  miqdori  o‘rta tolali  navlarga   nisbatan  uch  martagacha  yuqori  ekanligini  isbotlagan.
    2012 yilda qo‘mita  bilan  yo‘lga qo‘yilgan   hamkorlik  doirasida  Farg‘ona  viloyati o‘simlik va hayvonot   olami  kadastrini  tuzishda  faol ishtirok etdi.
    2014 yilda Hammualliflik asosida  “Farg‘ona vodiysining dorivor  o‘simliklari, ulardan samarali  foydalanish  va muhofaza  qilish”  nomli  monografiyasi  chop etildi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5