Filologiya fanlari nomzodi
Muhayyoxon bilan telefon, telegramm orqali suhbatlasharkanman, ko‘z o‘nggimda nihoyatda nozik didli, ichki madannyati yuksak, so‘zlarida hurmat, andisha akslanib turgan ziyoli inson rostlangandek bo‘ldi... Kitobni tayyorlash jarayonida Muhayyoxon bilan ko‘p marta muloqotda bo‘lib, adashmaganimni his qildim... Muhayyo Hamrayeva 1974 yil 3 dekabrda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida dunyoga keldi. U bolaligidan she’riyatga qiziqdi. Otasi Ahad aka tuman redaktsiyasida mas’ul muharrir bo‘lgani uchun qizidagi iste’dodni tarbiyalashga harakat tsilar, mashhur shoirlarning kitoblarini olib kelib berib, uning xulosalarini tahlil qilardi. Onasi Svetlana ona esa maktabda dars berar, boshqa farzandlari qatorida qizidagi intilishni qo‘llab quvvatlardi. Shu bois oilada Surayyo, Farhod, Jo‘rabeklar o‘qituvchi, Shuhrat, Sherzodlar ishchi, Furqat ganchkor usta va Marhabo uy bekasi bo‘lib, ota - onaga rahmat olib kelishdi. Muhayyo opa o‘rga maktabni tugatdi-yu, 1991 yili Termiz davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limiga o‘qishga kirdi. 1996 yili uni imtiyozli diplom bilan tamomladi. M.Hamraeva 1997 - 1998 yil Termiz davlat universitetida stajyor tadqiqotchi, 1998 - 1999 yil filologiya fakultetida nazoratchi bo‘lish bilan birga, ilmiy izlanishlarini davom ettirib, 1999 - 2002 yil Termiz davlat universiteti aspiranturasida tahsil oldi. M.Hamraeva 2002 - 2009 yil “O‘zbek adabiyoti” kafedrasida o‘qituvchi, 2009 - 2011yil esa shu kafedrada katta o‘qituvchi, 2011 - 2012 y. O‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritdi. U 2012 - 2014 yil oliygoxning “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri, 2014 - 2015 yil filologiya fakulteti ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, ma’naviy - ma’rifiy va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi.
M .Xamraeva 2016 yildan buyon o‘zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda. M.Hamraeva 2010 yilda “Tarixiy xaqiqat va badiiy nashrga (Nasriy asarlarda Amir Temur porazi) “ mavzusida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. Muhayyo Hamrayeva (Malak) ning “Mehrning rangin lahzalari” (2011), ( Sizdan kechib bo‘lmaydi” (2013), “Sog‘inch qo‘shiqlari” (2014) nomli sherlar, badialar, mqolalardai iborat uchta kitobi - birinchi kitobi Qarshi shahridagi “Nasaf” nashriyotada hamda ikkinchi va uchinchi kitoblari Toshkent shahridagi “Tafakkur” nashriyotada nashr etildi. Bundan tashqari, shoira va olimaning “Bekajon”, “Gulchehralar”, “Xordik”, “Parvona” “Hamroh” kabi Respublika gazetalarida 70dan ortiq she’rlari, 100dan oshiq turli mavzudagi materiallari vaqtli matbuotda chop etilgan. Olima - bugungi kungacha 30 dan oshiq ilmiy maqolalar muallifi. 2007 yil Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Bekajon” gazetasiniig 5 yillik yubiley to‘yi munosabati bilan tashkil qilingan “Milliy liboslar” ko‘rik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. U 2012 yil Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan “Olima ayollar: kecha va bugun” mavzusidagi Respublika ilmiy - amaliy anjumani to‘plamining muharriri hamdir. Olima respublika miqyosida AYoL mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan qator anjumanlarning faol qatnashchisi va tanlovlar sovrindori. Shuningdek, “Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatada viloyat hamda respublikada alohida etiborga ega. Muhayyo Hamraevaning xotan - qizlar faoliyatini qo‘llab - quvvatlashdagi xizmatlari inobatga olinib O‘zbekiston Respublika ilmiy - amaliy anjumani to‘plamining muharriri hamdir Muhayyo Hamrayevaning xotan - qizlar faoliyatini qo‘llab - quvvatlashdagi xizmatlari inobatga olinib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika xotan - qizlar qo‘mitasi raisi, Xalq ta’limi, viloyat hokimligi va universitet rektorati tomonidan bir necha bor “Tashakkurnoma”, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan.Oliygohdan 3 nafar Navoiy nomli Davlat stipendianti, 1 nafar O‘zbekiston chempionati sovrindori, 1 nafar Prezident asarlari” bilimdoni, 1 nafar “Yilning eng faol yosh jurnalista”, 3 nafar O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” singarn ko‘plab respublika ko‘rik – tanlovlari g‘oliblarining yetashib chiqishida ham jonkuyar murabbiy Muhayyo Hamrayevaning xizmatlari beqiyos. Qahramonimiz M.Qamrayeva mazkur sohadagi 21 yillik pedagoglik faoliyatida samarali ustoz - shogird mezoniga amal qilib, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishga harakatqilayotgan olimadir. Ha, “Olim bo‘lsang, olam seniki”, deb bejiz aytishmagan-da!