Tibbiyot fanlari doktori, professor
Abdurashid (1956 yilda tug‘ilgan) esini taniganidan boshlab nazari buzrukvori Jo‘raqul otadan “Yaxshilik to‘rga eltar” iborasini eshitib voyaga yetdi.
Buxoroning Qorako‘l tumanida nomi chiqgan tabibning ta’siri a’moli shu iboraga yo‘g‘rilib ketgani uchunmi ota uni farzandlari onigiga ham singdirishga harakat qilardi. Axir tabiblik ularning qonida borligi, besh avlod uni davom ettirib kelayotgani bejiz emas edi - da! Onasi Ashurbibi farzandi (Said, Ro‘zimurod, Muborak, Yusuf, Sanoqul) larning eng kichigi Abdurashidni otasidek odamlarning dardiga malham bo‘lishi lozimligini miyasiga quyardi.
Abdurashid maktabni tugatgach, Samarqand davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi. 1980 yilda “Pediatriya” ixtisosligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan bitirdi. 1980 - 1981YY, Buxoro viloyati ko‘p tarmotsli bolalar shifoxonasida “Bolalar jarrohligi” mutaxasisligi bo‘yicha internaturani o‘tadi. 1982 – 1985 yil Sorako‘l tumanida bolalar jarrohi bo‘lib ishladi. 1985 - 1987yil. O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutida “Bolalar jarrohligi” bo‘yicha klinik ordinaturani tugatib, izlanuvchi sifatida ilmiy ish bilan shug‘ullandi. So‘ng Moskvadagi Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasiga qarashli Pediatriya ilmiy tekshirish institutida 1990 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Xayot shifokorni tobladi... ToshPMI bolalar xirurgiya kafedrasida (1990 - 1994 yy) assistent, (1995 - 2001yy.) dotsent, 2001 yildan boshlab hozirgi kungacha “Gospital bolalar jarrohlik va onkolo¬giya” kafedrasida professorlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 38 yillik mehnat tajribasi jonkuyar shifokor Abdurashid Hamrayevga ota - bobolaridan meros bo‘lgan “FIDOIY”lik unvonini berdi desak mubolag‘a bo‘lmas. Uning rahbarligida 42 ta talaba magistr dissertatsiyasini muvofaqiyatli ximoya qiladi. 1ta tibbiyot fan nomzodi (kafedra assistenti I. M. Karimov) tayyorlandi. Ayni paytda 2ta doktorlik ishiga ilmiy maslahatchi va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbardir. 2008 - 2012YY. respublikamizning Jarrohlik ilmiy Markazida tashkillashtirilgan SSV MUK qoshida ilmiy mavzularini tanlash koordinatsiya Kengashining, 2003 - 2011yy. ToshPTI ilmiy kengashning va 2003 - 2012yy. esa institutning “Jarrohlik” yo‘nalishidagi aprobatsion Kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Mohir pedagog hozirgi kunda ToshPTI ning o‘quv - uslubiy Kengashi, fakultet Kengashi va muammolar komissiyasining muntazam a’zosi hamdir. Professor A. J. Hamrayev o‘nlab tibbiyot jurnal va ro‘znomalar tahririyat hay’ati azosi. A. Hamrayevning jami 350 ta ilmiy ishi ( monografiyalar — Yuta, darsliklar Yuta, o‘quv qo‘llanmalar - 5ta, ilmiy masalalar - 46ta, tezislar - 163ta, o‘quv - uslubiy tavsiyanomalar - 33 ta, patentlar - 4 ta va ratsionalizatorlik takliflar – 3 ta, darsliklar
— 8ta, o‘quv qo‘llanmalar — 4ta, ilmiy maqolalar - 28ta, patentlar
- 2ta va o‘quv - uslubiy tavsiyanomalar - 7ta) chop etilgan. Professor A. J. Hamrayev “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi”- 2007 yil Respublika tanlovida “XIRURGIYA” darsligining qo‘shimcha to‘ldirilgan va kayta ishlangan ikkinchi nashri bilan qatnashib, Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi “Iste’dod” jamg‘armasining “1 – darajali” diplomi va 2010 yilda ushbu tanlov yo‘nalishida “Xirurgiya va reanimatsiya asoslari” darsligining 3 qayta ishlangan nashri bilan “2 - dara¬jail” diplomini olib, tanlov g‘olibi bo‘lgan. Professor Hamrayev Markaziy Osiyoda yetuk olim, “Bolalar jarrohligi” yo‘nalishida Ta¬niqli mutaxassisdir.
Abdurashid aka ota - onasining ishonchini oqlagan voris hamda rafiqasi Zulxumor opa (shifokor) bilan farzandlari: Feruza (ortoped - stomatolog), Yulduz (oftolmolog), Gulnoza (okusher - genikolog, menedjer), Ulug‘bekjon (bolalar jarrohi) ga ham bu tabarruk kasbga nisbatan ixlos uyg‘otgan ota va ustozdir. Hatto kuyovlar ham shifokor. Ha, sakkiz nabirasi qalbida ham shifokorlar sulolasining orzulari bardavom bo‘lsa ne ajab!