O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ibrohimov Neʼmatulla

    Ibrohimov Neʼmatulla (08.08.1945, Margʻilon) - sharqshunos, manbashunos olim, jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Filologiya fanlari doktori (1984), professor (1985). Toshkent universitetining sharq fakultetini tugatgan (1970). Shu universitetning arab filologiya kafedrasida oʻqituvchi, dotsent, professor (1970-1985), kafedra mudiri (1986 yildan), sharq fakulteti dekani (1989-1991), Toshkent sharqshunoslik instituti rektori (1991 yildan). Ibrohimov arab manbalari boʻyicha Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganish, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishi boʻyicha ilmiy tekshiruvlar olib bordi. Ibrohimovning asarlari Sharq va Gʻarb tillaridagi nodir manbalarning chuqur tahliliga asoslangan. Ibrohimov manbashunoslikda yangi yoʻnalishlardan biri - Sharq badiiy tafakkuri va elitar madaniyatlarning uzviy yagonaligi haqidagi konsepsiya asoslarini yaratdi.

    Ibrohimov Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyati kengashi raisi (2001 yildan), “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Oʻzbekistondan chetga olib ketilgan va xalq boyligi boʻlgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish boʻyicha maxsus komissiya raisi (2001). Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati (1995 yildan)



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

img

Arab tili grammatikasi I jild

          Qo‘llanma  arab  tili  grammatikasi  nazariy  masalalarini o‘zbek  tilida  izchil  ravishda  izohlovchi  ilk  kitobdir.  Mualliflar unda  arab  tilidagi  grammatik  hodisalarni  o‘zbek  tiliga  qiyoslagan holda  izohlab,  uni  o‘zlashtirish  jarayonini  osonlashtirganlar.        

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar30



Tabiiy fanlar10



Filologiya50