O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ibroximova Bekposhsha

Ibroximova Bekposhsha    Atrof yam - yashil  daraxtzor va gulzorlarga  burkangan, bog‘cha  hovlisida  bolalar shovqini hayotning baxtiyor qo‘ng‘irog‘idek jaranglaydi. To‘g‘ri, ba’zi qalbi tor, sovuq odamlarga bolalar qiy - chuvi ham yoqmaydi. AMMO biz o‘zbeklar aksariyat ko‘ngli keng, bolajon insonlarmiz. Bolalarning bunday xushchaqchaq, o‘yin - kulgu, shovqini qulog‘imizga qo‘shiqday yoqadi, zavqimizni keltiradi. Biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimiz Yangiariqliq pedagog Bekposhsha Ibrohimova ham ana shunday qalbi daryo insonlardan. U o‘zining nafaqaga chiqquncha bo‘lgan 38 yillik ish faoliyatini bolalarga bag‘ishlagan.
  Aniqrog‘i, ularning tarbiyasiga, kichkintoylarning ongiga dastlabki o‘qish - yozish ko‘nikmalarini, elga, yurtga, mehnatga muhabbat tuyg‘ularini singdirishga baxsh etgan.
  Bekposhsha Ibrohimova 1942 yilda Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yilda Urganch pedagogika bilim yurtini tugatgan. Ish faoliyatini esa 1968 yilda shu tumandagi bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lib ishlashdan boshlagan. Ko‘p o‘tmay tirishqoqligi, tashabbuskorligi tufayli uni ushbu bog‘chaga mudira etib tayinlashdi. O‘tgan asrning 80 - yillarida u yetakchilik qilayotgan bog‘cha viloyatda yuqori o‘rinlarni egallagan. Natijada Bekposhsha Ibrohimova mehnatdagi katta yutuqlari uchun “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
  O‘z kasbining haqiqiy fidoyisi B. Ibrohimovani rahbariyat 1987 yildan boshlab Ostona qishlog‘idagi faoliyati susayib qolgan “Tinchlik” bolalar bog‘chasiga mudira etib tayinlashdi.
  - Bog‘chamizni “Tinchlik” deb ataganimiz ajoyib bashorat edi o‘sha paytda, - deydi Bekposhsha opa biz bilan suhbatda. - Yurtimizga hakikiy osoyishtalik Istiqlol bi¬lan kirib keldi. Bolalarimizni o‘zimizning ezgu milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘ldik. Men “Tinchlik” bolalar bog‘chasiga mudiralik qilgan 17 yil davomida ta’lim - tarbiya sohasidagi islohotlarni bolalar qobiliyati va iste’dodlarini kashf etish va taraqqiy toptirishda samarasini oshirishga harakat qildim.
  “Samarasini oshirishga harakat qildim” kamtarona aytilgan bu so‘zlar zamirida qanchalik fidoyi mehnat, kuyunchaklik va g‘amxo‘rlik mujassam. Ota - onalar o‘g‘il - qizlarini bu bog‘chaga olib kelar ekanlar, bolalarini bu yerda o‘zlarining mexribon va g‘amxo‘r ishonchli onalari ko‘liga topshirganday ishonar edilar. Bekposhsha opani tinchlik mudirasi deb tom ma’noda ham, ko‘chma ma’noda ham hurmat qilardilar.
  Bekposhsha opa o‘z oilasida ham muhtarama ona, sadoqatli va mushfiq yor sifatida turmush o‘rtog‘i va farzandlari haqida g‘amxo‘rlik qilardi. Er - xotin ahillikda 7 nafar farzandlarini tarbiyalab, barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishdi. Ulug‘bek, Odilbek, Nukuljon, Sanobar, Sharifa, Shohida, Sanjarbeklar ota - ona tarbiyasi qadriga yetib, mehnatsevarlik, yurtsevarlik va himmatkorlikda tanilmoqdalar. O‘rtancha qizi Nuquljon Yusupova ayni paytda onasi rahbarlik qilgan bog‘chaga 2004 yildan buyon mudiralik qilmoqda. Bolalarning talim - tarbiyasi bugungi kunda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilgan. Ushbu jajjilar maskanida kichkintoylarga rus, ingliz tillarini o‘rgatish, iqtidor va iste’dodlarini oshiradigan to‘garaklar ishi bugunning talabi asosida yo‘lga qo‘yilgan.
  - Bolalar bog‘chasidagi faoliyatim menga hayotda ko‘p narsalarni o‘rgatdi. Ayniqsa, go‘zal hayotning bebaho ne’mati bo‘lgan tinchlik va uning ahamiyatini, ma’nosini yoshlarga kichkinaligidan ongiga, qalbiga singdirsangiz o‘sib kelayotgan avlod chinakam tinchlik himoyachisiga aylanadi. - Tinchligimiz abadiy bo‘lsin. 2014 yil “Sog‘lom bola yili” da yoshlarimiz sog‘lom va baquvvat bo‘lib voyaga yetishishsinlar - deydi u.
  Ha, ezgu qalb egasi bo‘lgan Bekposhsha ona bugun garchi o‘z uyida keksalik gashtini surayotgan bo‘lsa - da, yoshlarning tinchligini, sog‘lom va baquvvat bo‘lishini, baxti - saodatini o‘ylaydi. Uyda bekor o‘tirishga odatlanmagan opa hozirda qizi Nuquljon rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, ularga yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadi, yoshlarni sevib, hurmatlab tarbiyalashlarini asta ta’kidlaydi. Zero, oramizda opa singari jonkuyar ayollar bo‘lar ekan, hayotimizda abadiy tinchlik hukm suradi.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5