Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi professori, tajribali, taniqli baletmeyster - Gorlina Inna Grigoryevna o‘zbek milliy raqsi hamda balet san’atiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan pedagog ustoz, yetuk olima.
Inna Grigoryevna pedagogik, ilmiy, ijodiy ishlarini uyg‘unlikda olib boradi. Olima 1978 yildan ushbu ilm maskani tashkil topgandan buyon faoliyat ko‘rsatadi. 1997 yildan 2003 yilgacha “Xoreografiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Hozirda baletmeyster san’atidan bakalavr va magistrlarga dars beradi. Kafedra professori Inna Gorlina “Xoreografiya” kafedrasiga rahbarlik qilgan davrda katta tadbirlarga bosh qosh bo‘lgan. Jumladan, uning “Raqsga taklif etamiz”, “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab”, Toshkent - Sharq darvozasi”, “Qo‘shig‘imni senga kuylayman”, “Anor bayrami” kabi loyihalari Navoiy nomidagi opera va balet teatrida, O‘zbekiston Milliy universitetida, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining katta zalida shogirdlari tomonidan namoyish etilgan, ko‘plab olqishlarga sazovor bo‘lgan. Inna Grigoryevna Xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyalarda muntazam o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashgani uchun sertifikat, tashakkurnoma, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Mohir baletmeyster o‘zbek raqslarini zamonaviy raqslarda uyg‘unlashtirishga, ularni o‘rganishga harakat qiladi. U baletmeytser sifatida 18 ta tomoshani sahnalashtirgan, masalan, “Neznakomka”, “Zolushka”, “Goryanka”, “Elegiya” kabi balet, bir qancha opera va musiqali drama sahna ko‘rinishlari, shu bilan birga Toshkent “Myuzik – xoll”da bosh baletmeyster sifatida faoliyat ko‘rsatdi. “Anor bayrami” loyihasi o‘zbek folklori Respublika festivalida sovrinli o‘ringa sazovor bo‘ldi. Taniqli balet - meysterning shogirdlari juda ko‘p, u hakda yozilgan maqolalar soni esa 70 dan oshib ketgan. Professor Gorlina Inna Grigoryevnaning nomi Moskvada chop etilgan “Balet Entsiklopediyasi” xalqaro kitobiga kiritilgan.
Olima balet san’ati, milliy raqs san’ati, xoreofafiya pedagogikasiga oid ko‘plab ilmiy maqolalar, risolalar muallifi. Nafaqat Respublika, balki chet ellarda ham 40 dan ortiq ilmiy maqolalarini chop ettirgan. Jumladan, Moskvadagi “Balet”, “Muzika i vremya” jurnallarida, O‘zbekistondagi “Ta’lim muammolari”, “Pedagogik ta’lim”, “San’at”, “Teatr”, “Zvezda Vostoka” kabi matbuot sahifalarida o‘z maqolalari bilan muntazam qatnashib keladi. Xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyalar materiallari asosida ko‘plab maqolalar yozdi, masalan: “Auezovskie chteniya – 7” (Shimkent, 2008); “Prioritetnie napravleniya professionalnoy podgotovki pedagogov xudojestvenno - tvorcheskix spetsialnostey” (Shshkent, 2009); “Problemm innovatsionnogo razvitiya nauki i obrazovaniya” (Shshkent, 2010); “Uzbekistan i Yaponiya: dialog kultur” (Tashkent, 2012); “Teoreticheskie i metodologicheskiye problem sovremennogo obrazovaniya” (Moskva, 2013); “Poznanie stran mira: istoriya, kultura, dostijeniya” (Novosibirsk, 2013); “Nauchnaya diskussiya: vopros filologii, iskusstvovedeniya i kulturologi” (Moskva, 2013); “Kultura. Duxovnost. Obshestvo” (Novosibirsk, 2013); “Aktualniye vopros sovremennosti: kultura, istoriya, ideologiya” (YuKGU im. M. Auezova, g. Shnmkent, 2015).
Respublika matbuotlarida chop etilan ayrim ilmiy maqola va to‘plamlari: “OTM ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etishning ilmiy - pedagogik asoslari”, 2008; “Barkamol avlodni shakllatirish - ma’naviy taraqqiyot omili”, 2010; “Yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilishning ilmiy-uslubiy masalalari”, 2010; “Ma’naviy yangilanish jarayonlarida etika va estetikaning dolzarb muammolari”, 2011; “Problem soxraneniya samobitnosti v uzbekskom tantsevalnom iskusstve v period globalizatsii”, 2012; “Muxtor Ashrafiy va XXI”, 2012; “Yangi davr san’ati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar”, 2013; “Jenshina v nauke i obrazovanii”, 2013; “Tvorchestvo Mukarram Turgunbayevoy i yego znachenie dlya razvitiya uzbekskoy stsenicheskoy xoreografii”, 2014; “Shaxs ma’naviyatini shakllanishida san’at va madaniyatning roli”, 2014; “Nomoddiy madaniy meros va etnomadaniy qadriyatlar”, 2014; “O‘zbekiston teatr san’ati: tarix, taraqqiyoti va istiqbol”, 2014.
2015 yilda taniqli baletmeyster, professor Gorlina Inna Grigoryevna Ilmiy hamkorlikni yuksak yo‘lga qo‘yilishidagi faol xizmatlari uchun Xalkaro tizimning faxrli a’zosi degan maqomga ega bo‘ldi.