O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Isag‘aliyev Murodjon To‘ychiboyevich

Biologiya fanlari  nomzodi

    1980 yil 26 yanvarda Buvayda tumanida  tavallud topgan. 1998 yilda universitetning  tuproqshunoslik  yo‘nalishiga  grant asosida  o‘qishga  qabul qilingan. 2002 yilda  tuproqshunoslik  yo‘nalishi bo‘yicha  bakalavr  darajasini olib, shu yili botanika  yo‘nalishi  bo‘yicha  magistraturaga  qabul qilindi. 2004 yilda  magistraturani imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
  Pedagogik faoliyatini 2004 yilda Farg‘ona davlat universitetida tuproqshunoslik kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik tuproqshunoslik kafedrasi aspirant (2004 - 2007), o‘qituvchisi (2008 - 2010), katta o‘qituvchisi (2010) lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. 2010 - 2014 yillarda tuproqshunoslik kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2014 yildan “Uzbekistan tot va tot oldi tuproqlarining ekologik - genetik xususiyatlari va unumdorligi” mavzusida tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy - tadqiqot institutida kafedra professori G‘. Yuldashev ilmiy maslahatchiligida katta ilmiy xodim - izlanuvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
  2010 yilda tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy - tadqiqot davlat institutida huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda 03.00.27 - Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “So‘x konus yoyilmasi sugoriladigan tuproqlarining geokimyoviy xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
  Kafedraning A – 7 - 445 raqamli DIT dasturi loyihasining 2006 - 2008 yillarga mo‘ljallangan mavzusida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi. Bundan tashqari, bir necha xo‘jalik shartnomalarini bajarishda ishtirok etib kelmoqda.
  Hozirga qadar 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma va OAK e’tirof etgan jurnallarda, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy- amaliy anjuman to‘plamlarida sohaga oid 40 ga yaqin ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirishga erishgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5