Qosimjon Ishmatov 1946 yil 16 aprelda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan.
1962 yilda tumandagi Alisher Navoiy nomli o‘rta maktabni tugatib, Namangan davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirgan. 1967 yilda mazkur institutning fizika - texnika bo‘limini tugatgan, 1968 - 1988 yillarda kasb - hunar ta’limi tizimida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari, viloyat boshqarmasining yetakchi noziri va viloyat o‘quv - uslubiy idorasi direktori lavozimlarida ishlagan. 1988 yilda mutaxassis sifatida Toshkent politexnika institutining Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) ishga o‘tkazilgan. Institutdagi ish faoliyati davrida katta o‘qituvchi, fakultet dekani o‘rinbosari va dekani, o‘quv bo‘limi va o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishladi, 2002 yildan esa pedagogik innovatsiyalar markazini boshqarib kelmoqda.
Q. Ishmatov 1999 yilda nomzodlik dissertatsiyasiyasini himoya qilgan. U 60 dan ziyod tezis, ilmiy maqola va o‘quv - uslubiy ishlanmalar muallifidir. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar fanidan yozgan ma’ruzalar matni “Ma’rifat” gazetasida eng yaxshi ma’ruzalar matnlari ro‘yxatida e’lon qilingan. “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi vazirlikning Muvofiq - lashtiruvchi kengashi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.
Q. Ishmatov “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi”, “O‘zbekiston Respublikasi hunar - texnika ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari va vazirlikning bir necha “Faxriy yorliq”lari bilan mukofotlangan.