O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Iskandarova Munavvar

Iskandarova Munavvar    1952 yilda Xonqa tumanidagi Qirqyop qishlog‘ida tavallud topgan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. Mehnat faoliyatini 1976 yilda Xonqa tumanidagi Ibn Sino nomidagi umum o‘rta ta’lim maqtabida o‘qituvchiliqdan boshlagan. 1977 — 1993-yillarda Urganch qurilish kollejida yoshlarga iqtisod fanidan saboq berish bilan birga, ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limiga boshchilik qilgan. U 1993 yildan to bugungi kunga qadar Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali «Ijtimoiy fanlar» kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida mexnat qilib, yoshlarga har tomonlama chuqur va puxta ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
    O‘z ishining fidoyisi bo‘lgan M.Iskandarova pedagoglik maxoratini oshirish uchun doimiy ravishda izlanib keladigan xaqiqiy jonkuyar pedagog bo‘lish bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot ishlarini ham davom ettirib kelmokda. Xususan, 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bozor islohotlari ilmiy tekshirish institutida «Xorazm viloyatida bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ijara va ijara  munosabatlari asosida xo‘jalik yuritishning samaradorligini oshirish yo‘llari» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffakiyatli yoqlagan. Olimaning bugungn kunda fan olamiga qo‘shgan xissasi salmoqli, 30 dan ortiq ilmiy ishlari nashr ettirilib, viloyatimizdagi qishloq va xalq xo‘jaligining turli soxalarida amalda qo‘llanilib kelmoqda.
    M.Iskandarova nafaqat yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, balki olima ayol sifatida xam o‘zining bor qobiliyati va saloxiyatini el-yurtga tanitib, «Olima ayollar» ijodiy uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi lavozimida ham samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning sa’y-harakatlari tufayli bugungi kunda 250 nafardan ortiq olima ayollar viloyat kundalik xayotidagi dolzarb muammolarni ilmiy hal qilish, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli va barkamol qilib tarbiyalashdek savobli va xayrli ishlarga munosib hissa qo‘shib kelmokda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar65



Ijtimoiy-gumanitar fanlar15



Tabiiy fanlar10



Filologiya10