Kimyo fanlari nomzodi, dotsent
1952 yil 15 mayda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida tavallud topgan. 1968 yilda Toshloq tumanidagi 21 - o‘rta maktabni tamomladi. 1973 - 1978 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti tibbiyot - geografiya fakulteti ximiya - biologiya bo‘limida o‘qib, imtiyozli bitirdi.
1979 yil yanvardan kimyo laboranti , 1980 - 1983 yillarda kafedra o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. 1983 - 1988 yillarda Moskva fizika - kimyo ilmiy tadqiqot institutida dastlab tadqiqotchi bo‘ldi, so‘ngra aspiranturani tugatdi.
I. L. Ismoilov o‘zining pedagogik faoliyatini ilmiy izlanish bilan birga olib bordi. 1989 yil 15 fevralda sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi fizikaviy kimyo ilmiy - tadqiqot instituti professori I. M. Barkalov rahbarligida “Perftorolefinlarning polimerlanishi perftorozonidlar bilan initsrlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 - 1993 yillarda kafedra katta o‘qituvchisi va dekan o‘rinbosari lavozimida ishladi.
1993 yil mart oyidan fakultet dekani o‘rinbosari lavozimida ishladi. Bu vaqt mobaynida u tashkilotchi va jonkuyar rahbar sifatida jamoa hurmatini qozondi. U “Tabiiy va sintetik polimerlar”,” Polimerlarning xillari va ularning xalq xo‘jaligida ishlatilishi” kabi fanlardan nazariy va amaliy darslarni olib bordi .
1989 - 2000 , 2003 - 2005 va 2009 - 2001 yillarda kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 1999 - 2001 yillari davlat granti asosida “Soya chiqindisidan oqsil ajratib olish texnologiyasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi.
I.Ismoilov rahbarligida 1998 yilda kimyo kafedrasi qoshida o‘rta maktablar , AL va KXK, kimyo sanoati korxonalari uchun laborantlar tayyorlovchi kurs tashkil etildi. Hozirga kunga qadar mingdan ortiq laborantlar uni tamomlab , xalq xo‘jaligining turli jabhalarida faoliyat olib bormoqdalar.