Pedagogika fanlari nomzodi
Rishton tumani To‘jda qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloqdagi 7 - sonli o‘rta maktabni tugatgan.
M. Jo‘rayev Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tugatib, oliy malumotli injener – mexanik mutaxassisligiga ega bo‘lgan. U To‘da qishlog‘idan chiqqan dastlabki oliy malumotli yoshlardan biri edi.
U ko‘p yillar Andijon qishloq xo‘jalik (sobiq paxtachilik) institutida “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent va mudir lavozimlarida ishlab, bo‘lajak muhandislarga murakkab va dolzarb fandan saboq bergan. Ilmiy - pedagogik faoliyati davomida qator o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yozib, chop ettirgan.
San’atni juda sevar, ko‘ngli ochiq va mehmondo‘st inson edi. Jumladan, u do‘stlari davrasida Ma’murjon Uzoqovning “Yakka bu Farg‘onada”, “Surating”, “Mustahzod”, Murodjon Ahmedovning “O‘rtar”, “Bayot – 3” ashulalarini shirali ovozda mahorat bilan ijro etardi.