Olimjon Iminjon o‘g‘li Karimov Karimov Olimjonda o‘qimishli usta - me’mor oilasida tavallud topgan. Otalari Iminjon,amakilari Madrahim va Ubaydullolar turli kasb - hunar egalari bo‘lish bilan birga rus, nemis ,arab, turk, fors, frantsus, tillarini bilganlar. Shu bois Namanganda tilmochlik bilan ham shug‘ullanganlar. Onalari Hamroxon aya o‘qimishli, she’riyat ixlosmandi,ilg‘or fikrli ayollardan edi.
O. Karimov 1943 yilda Namangan shahridagi 3 - o‘rta maktabni imtiyozli attestat bilan tamomlagan. 1944 yilda Toshkentdagi Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutiga o‘qishga imtihonsiz qabul qilindi. 1949 yilda insti tutni a’lo baholarga tamomlab, qishloq xo‘jaligi muhandis - mexanigi mutaxassisligini egalladi.
O. Karimov 1953 yilda Moskvada nomzoddik dissertatsiyasini, 1967 yilda Tbilisida doktorlik dissertatsiyasini yokdagan. 1970 yidda unga professor ilmiy unvoni berilgan.
Ish faoliyati davomida O. Karimov ko‘plab davlat va xo‘jalik idoralarida turli lavozimlarda ishladi. Jumladan, 1953 — 1958 yillarda SAIMEda muhandis, bosh muhandis, direktor muovini, 1958 — 1963 yillarda Fanlar akademiyasi Mexanika instituti direktori muovini bo‘lib ishlagan.
1963 yildan 1981 yilgacha Toshkent politexnika institutida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutida kafedra mudiri va paxtachilik bo‘yicha davlat maxsus konstruktorlik byurosida bo‘lim mudiri bo‘lgan.
1981 — 1984 yillarda Toshkent politexnika institutining Namangan filiali (hozirgi NamMPI)da direktor bo‘lib ishlagan.
1985 yildan 1990 yilgacha Toshkentda “Arxitekna - uchmash” shirkatini boshqardi.
O. Karimov ayni chog‘da keksalik gashtini surmoqda.