O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimov Ubaydulla Isroilovich

Karimov Ubaydulla Isroilovich (01.04.1920 - Toshkent, 11.10.1997) sharqshunos olim. O‘zbekiston FA akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1972). O‘rta Osiyo industrial institutining kimyo-texnologiya fakulteti (1941) va O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetini (1949) tugatgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-1942). O‘rta Osiyo universiteti sharq fakultetida fors tilidan dars bergan (1949 - 1952). O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida kichik, so‘ng katta ilmiy xodim (1952 - 1958), Sharq qoʻlyozmalarini tavsiflash va kataloglashtirish (1959-75), Sharq yozma yodgorliklarini oʻrganish va nashr etish (1976 - 1988) boʻlimlari mudiri, yetakchi ilmiy xodim (1988 - 1990), bosh ilmiy xodim (1990 - 1997).

Karimovning asosiy ilmiy faoliyati Sharq kimyosi, dorishunosligi, tabobat tarixi kabi sohalarni oʻrganishga qaratilgan. U shu sohalarga oid arab va fors tillaridagi yirik qoʻlyozma manbalarini tarjima va tadqiq etgan. Karimov Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondidagi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning fanga nomaʼlum boʻlgan kimyoga doir asari – “Kitob sirr ul-asror” (“Sirlar siri kitobi”) qoʻlyozmasini oʻrganib, bu haqda ilmiy asar yozdi. Karimov Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining asosiy tadqiqotchisi va tarjimonidir. U Ibn Sino “Tib qonunlari” asarining oʻzbek va rus tillaridagi toʻliq nashrini tayyorlash va tarjima qilishda qatnashgan. Beruniyning “Kitob as-saydana fit-tibb” (“Farmakognoziya”) asarini tarjima va tadqiq etgan. Beruniyning rus tilidagi 7 jildli Tanlangan asarlarini nashrga tayyorlash (1957 - 1987)da ishtirok etgan. Karimov Ibn Sino ijodini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro simpozium (Tehron, 1955) da ilmiy maʼruzalar qilgan. U Iordaniya qirollik akademiyasining faxriy aʼzoligiga saylangan (1984). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80