O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimova Farida Isoqovna

Karimova Farida Isoqovna    Karimova Farida  Isoqovna 1959 yil  30 oktyabrda  Namangan  viloyati  Norin  tumanidagi  Uchtepa  qishlog‘ida  xizmatchi  oilasida  tug‘ildi. 1966 yil  Uchtepadagi 38 - o‘rta  maktabga  o‘qishga  kirdi. Bola  tarbiyasida  oliaviy  muhitning ham muhim o‘rin  tutishi  hech kimga  sir emas. Farida  o‘sgan   xonadon marifatli xonadon edi, Ota - onalari, amakilari qishloqning yetuk ziyolilari, san’at, adabiyot ixlosmandlari bo‘lganliklari bois farzand tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarardilar. Ularning xonadonida qishloq ziyolilari ko‘pincha yig‘ilishib, suhbat qulardilar.
  Adabiyotga bo‘lgan qiziqish uni o‘rta maktabni tugatgach, ToshDU (xozirgi Milliy universitet)ning filologiya fakultetiga o‘qishga yetakladi. 1981 yil universiteti imtiyozli diplom bilan tamomlab, yo‘llanmani Toshkent Davlat madaniyat institutining Namangan filialiga oldi.
  Farida navoiyshunos olim professor A. Hayitmetov rahbarligida “O‘zbek adabiyotida debocha” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini olib boradi va 1993 yilning 27 oktyabrida uni muvaffaqiyatli himoya qildi.
  F. Karimova hozirgi kunda Namangan davlat universitetida “O‘zbek adabiyoti” kafedrasini boshqarmoqda. “O‘zbek adabiyoti tarixi”, “Adabiyot  nazariyasi” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Faridaxon xushmuomalaligi, kamtarligi, mexnatsevarligi, talabchan va izlanuvchanligi bilan professor - o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida katta obro‘ qozongan.
  Uning o‘ttizga yaqin ilmiy va uslubiy, axloqiy - ma’rifiy maqolalari respublika jurnallarida, qator ilmiy to‘plamlarda bosilgan. Hozirgi kunda doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
  Milliy istiqlol g‘oyalarini mustahkamlash borasida pedagoglar, xususan, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassislari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbek adabiyot namoyandalari ijodi ma’naviyatimizning ajralmas bir bo‘lagidir. Shu bois u o‘zbek adabiyotidan chuqur ilmiy, materiallarga boy, mazmunli va qiziqarli ma’ruzalar o‘qishga, turli adabiy kecha va tadbirlar o‘tkazishga xarakat qiladi. Viloyat, universitst va fakultet miqyosida o‘tkazilgan navoiyxonlik, boburxonlik, mashrabxonlik, ogahiyxonlik kechalari, shuningdek, zamondosh ijodkorlarimizning tavallud ayyomlari munosabati bilan o‘tkazilayotgap tadbirlar shular jumlasidandir,
  Faridaxon oilali. Turmush o‘rtog‘i Ikromjon viloyat IIB xodimi. Ikki nafar farzandlari bor.
  Inson xamisha orzular qanotida yashaydi, to‘kislikka intiladi. Har bir ayol orzu qilgan to‘kis baxt Faridaxonga xam nasib etgan bo‘lsa ne ajab!  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80