Shukurjon Sharipovich Kenjaboev 1962 yil 23 avgustda Andijon viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Kushon qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan.
1980 yilda Chortoq tumanidagi 41 - o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, shu yili Toshkent politexnika institutiga o‘qishga qabul qilindi. 1985 yil instmitutning traktor va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi fakultetini “Quyuv ishlab chiqarish mashinalari va texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1985 yili Namangan shahridagi xo‘jaliklararo g‘isht zavodlari boshqarmasidagi remont-mexanika tsexida mexaniklikdan boshdagan.
1991 yilda O‘zFA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti aspiranturasi kunduzgi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan.
1994 yil aspiranturani tamomlab, mazkur institutning mashina va mexanizmlar nazariyasi laboratoriyasida ilmiy xodim davozimida ishlagan.
Ilmiy - tadqiqot ishlarini nihoyasiga yetkazgach, mazkur institutning Ixtisoslashgan kengashida 1995 yili “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” mutaxassisligi bo‘yicha “Egiluvchan zvenosi bo‘lgan kulisali mexanizmlar parametrlarini ishlab chiqish va asoslash” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va texnika fanlari nomzodi idmiy darajasiga sazovor bo‘ldi. Ilmiy ishlari hozirgacha yaxshi o‘rganilmagan yangi turdagi mexanizmlarning nazariy tadqiqiga ba- g‘ishlangan. Ilmiy rahbari boshchiligida 20 dan ortiq shunday mexanizmlarni yaratishda ishtirok etgan.
1994 yiddan Namangan muhandisdik - pedagogika institutida ish boshlagan.
Sh. Sh. Kenjaboev konstruktsion metallar texnolo giyasi, texnik ijodkorlik va dizayn, kesuvchi asboblar va shakllanish jarayonlari, kesuvchi asboblarni loyihalash nazariyasi fanlaridan ma’ruzalar matni, Oliy va o‘rta - maxsus ta’lim vazirli tomonidan kasb - hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan “Frezalovchi uchun ma’lumotnoma” nomli kitob muallifidir.
60 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar, 16 ta ixtiro uchun mualliflik guvohnomasi, 1 ta Uzbekiston Respublikasi va 3 ta Rossiya Federatsiyasi patentiga ega. 2003 yil “Fan” nashriyotida doktorlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ilmiy - tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan monografiyasi chop etildi.
Ayni chog‘da u mashinasozlik fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini lavozimida ishlamoqda.