O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Komilova Muqaddasxon

Komilova Muqaddasxon    Muqaddasxonning ikki aziz insoni, ya’ni ota - onasi o‘qituvchi - murabbiy edilar. Shu bois uning quloqlariga bu kasbga oid gaplar ko‘proq eshitilardi. Tabiiyki, murg‘ak ko‘nglida bu kasbga nisbatan muhabbat uchqunlari paydo bo‘lardi. Maktabga dars tayyorlamay kelgan sinfdoshiga qo‘lidan kelganicha yordam berardi. Chunki u o‘rtog‘idan burun o‘qituvchiga achinib ketardi - da. Qani, hamma a’lo va yaxshi baxolar olsa - yu sinfi faqat maqtalsa - maqtalsa. Maktabni bitirgach, u Nizomiy nomidagi Respublika Pedagogika institutiga o‘qishga kirganida hech kim taajjublanmadi. Lekin taqdir uni ilmiy yo‘nalishga boshladi.
  1967 yilda institutni bitirib, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyiga ishga kirdi. 1976 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Ilmiy ishi tarjima nazariyasi va adabiy aloqalar, tarjima jarayonida ta’sir masalalari va nihoyat, poeziyada an’ana va novatorlik mavzulariga bag‘ishlangan edi. 1979 yildan boshlab Toshkent Temir yo‘l transporti muhandislik institutida Tillar kafedrasining dotsenti sifatida ishlay boshladi va 1994 yil may oyidap kafedraga rahbarlik qildi. 1999 yilning aprelidan esa yangidan tashkil etilgan O‘zbek va rus tili kafedrasiga rahbarlik qila boshladi.
  U mexnat faoliyati davomida talabalarning o‘z ona tillarini mukammal bilib olishlari uchun xarakat qilmoqda. Til boyligini ularga chuqurroq o‘rgatmoqda. Bugina emas, u o‘z vaqtida korxona, idora va muassasalarda rusiyzabon xizmatchilarga maxsus programma asosida davlat tilidan dars bergan.
  Muqaddasxon kirqqa yaqin ilmiy - tadqiqot, ilmiy - uslubiy ishlarni nashr ettirgan.
  Darvoqe, Muqaddasxon Komilova 1946 yilning 25 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Demakki, xali xayotda bosib o‘tilguvchi ancha - muncha manzillar bor. To‘rt farzandning —Alloh nasib etgan to‘rt nozi - ne’matning parvonasi bo‘lish, bular uchun barvaqt olamdan o‘tib ketgan ota o‘rnini bosish, nabiralarga mexr ulashish... Qolaversa, talabalar va yana talabalar. Ular xam ustoz qalbidan joy olishgan. Ularning bilim olishi uchun xam Muqaddasxon o‘zini masul xis etadi. Mas’ullik bor joyda esa ish bor, izlanish bor. Bu yo‘lda faqat zafarlar yor bo‘lsin, deymiz.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5