Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1938 yil 23 fevralda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Katta Boltako‘l qishlog‘ida tavallud topgan. Dastlab shu qishloqdagi 6 - o‘rta maktabda, so‘ngra Oqtepa qishlog‘idagi 8 - o‘rta maktabida tahsil olgan. 1956 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining tarix - filologiya fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1961 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1961 yildan shu institutda o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, fakultet dekani vazifalarida faoliyat olib borgan. 1996 - 2000 yillarda Farg‘ona shahar Ma’naviyat va ma’rifat Markaziga rahbarlik qildi.
1966 yildan akademik V. Abdullayev rahbarligida ilmimy tadqiqot ishini boshlab, 1973 yilda “Xojajon Rojiy Marg‘inoniy va uning poetik mahorati” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini Samarqand davlat universiteti qoshidagi ilmiy Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi. U Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘zbek mumtoz adabiyoti va poetika muammolariga bag‘ishlangan 400 dan ortiq ilmiy - ommabop maqolalari matbuotda e’lon qilingan.