Fizika - matematika fanlari nomzodi
1945 yil 21 yanvarda Andijon viloyati Oltin ko‘l tumanida tavallud topgan. 1961 yilda o‘rta maktabni tamomlab, Farg‘ona davlat pedagogika institutining matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. Bu orada harbiy xizmatni o‘tab, yana o‘qishni davom ettiridi. Institutni 1969 yilda tamomladi va umumiy matematika kafedrasida o‘qituvchi lavozimiga ishga qoldirildi. 1970 - 1972 yillarda algebra va sonlarnazariyasi kafedrasining shogird - tadqiqotchisi sifatida ilmiy ishlar olib bordi.
H. Mahhmudov 1972 - 1975 yillari ToshDU funktsional analiz kafedrasi aspiranti, 1975 yildan FDPI algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi, 1977 yildan katta o‘qituvchi lavozimlarida ishladi.
1980 yilda Toshkentda “Nekotoriye voprosiy teorii polugrupp lineyniyx operatorov v lokalno viypukliyx prostranstvax” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1982 yilda algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi dotsenti, 1991 yildan boshlab algebra va matematik analiz kafedrasi mudiri, keyin umumiy matematika va matematika o‘qitish uslubiyoti kafedrasi mudiri, keyinchalik Farg‘ona davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishladi. 2011 yilda nafaqaga chiqdi.
H.Mahmudov rahbarligida D.Ismailova 2006 yili fan sohasida Zulfiya nomidagi davlat mukofotini olgan.
Uning 70 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. Ilmiy - uslubiy maqolalaridan tashqari, 10 dan ortiq uslubiy ko‘rsatma, 5 ta uslubiy qo‘llanma va 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifidir.