O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahmudov Latif

Mahmudov Latif     Latif Mahmudov 1933 yilning 1 iyul kuni Toshkent shahrining Mirobod mahallasida tug‘ilgan. 40-o‘rta maktabni tamomlagach, O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limiga o‘qishga topshiradi. 1956 yil o‘z faoliyatini Respublika radiosida davom ettiradi. 1958 yil bolalar va o‘smirlar dasturinnig yangi tahririyatiga bosh muharrir etib tayinlanadi. Latif Mahmudov ushbu lavozimda 20 yildan ziyod ishlagan va 1979 yildan “Yosh gvardiyachi” nashrining (hozirgi “Yangi asr avlodi”) “Bolalar adabiyoti” bo‘limiga boshchilik qiladi.
    Latif Mahmudov ijodiy faoliyatini 1956 yildan boshlagan. U ko‘plab bolalar uchun hikoyalar, sahna asarlar va bir nechta filmlar uchun senariylarning muallifi sifatida taniqdi.
    Latif Mahmudovning 30 dan ziyod asarlari nashr etilgan. “Qadrdon ko‘zlar” (1961 y.), “Chinor” (1961 y.) kabilar shoirning ilk kitoblari hisoblanadi. Shunday so‘ng yosh avlod talabiga javob beruvchi, qiziqarli hikoyalar, romanlar va qissalarning keyingi to‘plamlari chop etilgan: “Ikki o‘rtoq” (1963), “Vafo” (1966), “Bolalar shodligi” (1968), “Ikki dangasa sarguzashti” (1970), “Sirli xat” (1974), “Jasur bolalar” (1971), “Qonga yashiringan odam” (1979), “Eski dutor sirlari” (1980). Latif Mahmudov romanlari va hikoyalari asosida bir nechta filmlar suratga olingan, spektakllar sahnalashtirilmoqda.
    Latif Mahmudov Respublikaning yirik yozuvchilaridan sanaladi. Uning asarlari juda ommabop bo‘lib, mamlakatimiz yoshlari va o‘smir avlodi tomonidan qiziqish bilan o‘qib kelinadi. Latif Mahmudov kitoblari rus, ukrain, belorus, latish, eston, qozoq va dunyoning boshqa tillariga tarjima qilingan.
    Yozuvchining eng ommabop kitoblaridan biri “Tog‘dagi lolalar” hisoblanib, 1984 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan G‘ofur G‘ulom nomidagi mukofot bilan taqdirlangan.
    1977 yil Latif Mahmudovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan.
    2000 yil “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar50



Tabiiy fanlar5



Filologiya40