O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahmudov Valijon

Biologiya  fanlar nomzodi, dotsenti

    1950 yil 8 noyabrda Farg‘ona viloyati Quva shahrida  tug‘ilgan. 1967 yilda Quva  tumanidagi  1 - o‘rta maktabni tamomlagan. 1968 - 1973 yillar davomida Farg‘ona davlat  pedagogika instituti  tibbiyot fakulteti biologiya - ximiya  yo‘nalishida  tahsil oldi. 1980 - 1983 yillarda  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti aspiranturasida  o‘qidi. 1986 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
V. Mahmudov 1973 - 1978 yillari Quva tumanidagi 17 - o‘rta maktabda ximiya - biologiya o‘qituvchisi, 1978 - 1979 yillari Farg‘ona davlat pedagogika instituta biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasida, 1979 - 1980 yillarda Toshkent qishloq xo‘jaligi instituta Farg‘ona filiali botanika kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1984 - 1992 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituta 
o‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib bordi.
1992 yildan Farg‘ona davlat universiteti botanika kafedrasi dotsenti, 1996 - 2000 yillarda tabiiyot fakulteta o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2001 - 2005 yillarda fakultet dekani, 2005 - 2011 yillar davomida Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori lavozimlarida mehnat qildi. 2011 yildan boshlab Farg‘ona davlat universiteta “Umumiy ekologiya va botanika” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
V .Mahmudov ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishi cho‘l va adir mintaqalarida yem - xashak o‘simliklarining biomorfologiyasi va ekologiyasini o‘rganish asosida, fitomelioratsiya yo‘li bilan ularning hosildorligini oshirishga qaratalgan. Olim tomonidan 130 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilingan bo‘lib, ulardan 2 tasi monografiya (“Adaptatsiya kormovыx rasteniy k usloviyam aridnoy zonы Uzbekistana”, Toshkent, “Fan”, 1983; “Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” nomli kitobida keltirilgan Farg‘ona vodiysining dorivor o‘simliklari va ulardan foydalanish istiqbollari”, Toshkent, “Fan”, 2009), 3 tasi oliy o‘quv yurtlari uchun darslik, 6 tasi o‘quv - metodik qo‘llanmalardir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5