O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mahmudova Sevara Irisaliyevna

Mahmudova Sevara Irisaliyevna    Yoshlarga havasing keladi. Uning kamolotini ko‘rib, gulshan aro g‘uncha ochishini his etib, sen ham xursand bo‘lasan. Ulg‘ayaver, yoshlik, ulg‘ayaver, deysan shod ko‘ngil bilan. Ayniqsa, Sevaraxondek yosh ilm sohibasini uchratsang, undaylarga parvona bo‘lging keladi.
  Sevara Irisaliyevna Mahmudova 1971 yilning 25 noyabrida Toshkentda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1988 yilda 165 - o‘rta maktabni imtiyozli tamomlab, 1988 — 1993 yillarda ToshDUning filologiya fakultetida tahsil olgan.
  Sevara Mahmudova 1994 -1996 yillarda ToshDU o‘zbek filologiyasi fakulteti aspiranti bo‘lgan. 1998 yilda “O‘zbek tilida okkazional so‘z yasalishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
  S. Mahmudova 1993 yildan to bugungi kungacha Manion Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San’at institutining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida ishlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda u kafedra dotsenti vazifasini bajarib, talabalarga “XXI asr o‘zbek adabiyoti tarixi”, “O‘zbek tili uslubiyati va adabiy tahrir asoslari” fanlaridan ta’lim bermoqda.
  Sevara Maxmudova 1998 yilda “Ustoz” jamg‘armasining Grant sovrindori bo‘lib, 1999 yilda AQShda malakasini oshirib qaytgan olimalarimizdan.
  Sevara Mahmudovaning “Maromsiz yasalmalar xaqida”, “So‘z yasash uslubiyati ta’limi muammolari”, “Bo‘lajak mutaxassislarning til ta’limi xaqida“, “Ilm - fan rivojining insoniy alomati” kabi 20 ga yaqin maqola va tezislari nashr etilgan. U “Ommaviy axborot vositalarining tili va uslubi”, “Nutq madaniyati asoslari”, “Adabiy tahrir asoslari”, “Tahrir amaliyoti”, “So‘z yaratish san’ati” o‘quv qo‘llanmalari muallifi hamdir. Fanimiz yana undan ko‘p yangiliklar kutadi. Bu yo‘lda yosh olimaga muvaffaqiyatlar tilaymiz. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80