O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mamadalimov Abdugʻafur Teshaboyevich

Mamadalimov Abdugʻafur Teshaboyevich (1947.1.2, Andijon) - fizik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1985), professor (1989). ToshDU ni tugatgan (1969). Oʻzbekiston FA Fizika-texnika institutida, Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida, issiklik fizikasi boʻlimida ishlagan (1969-1994). OʻzMU prorektori (1994-1998), 1989 yildan OʻzMU professor, ilmiy ishlari chuqur sathli yarim oʻtkazgichlar va elektr oʻtkazuvchan polimerlar fizikasiga oid. Yarim o‘tkazgichlarda chuqur markazlar parametrlarini aniqlashning yangi uslublari - induksiyalangan fotosigʻim, past temperaturali fotoelektrik va issiqlik fizikasi spektroskopiyalarini yaratgan hamda ularni amalda joriy qilgan, “tabiiy polimer tolalar elektrofizikasi” ga asos solgan. Chuqur sath hosil qiluvchi kirishmalar bilan legirlangan kremniy, paxta va ipak tolalari asosida yangi turdagi elektron asboblar - haroratni, namlikni, yorugʻlikni sezuvchi asboblar, yarim oʻtkazgichli S-diodlar yaratishning fizik asoslarini taklif etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar70



Filologiya5