O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mavloniy Mashhura Egamovna

Mavloniy Mashhura Egamovna (1934.4.12, Toshkent) - mikrobiolog olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), biologiya fanlari doktori (1971). Toshkent politexnika institutining kimyotexnologiya fakultetini tugatgan (1957). Oʻzbekiston FA Botanika instituti ilmiy xodimi (1960-1961), katta ilmiy xodimi (1962-1965), 1965 yildan Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya boʻlimi (1977 yildan instituti)da sanoat mikrobiologiyasi laboratoriya mudiri. Oʻzbekistonda sanoat mikrobiologiyasi asoschisi. Mavloniy Mashhura Egamovna Oʻrta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi. Zararkunanda mikroorganizmlarga qarshi kurash usullarini ishlab chiqdi. Sporasiz zamburugʻlar tasnifining yangi sxemasini tuzdi. Gamma va lazer nurlari taʼsirida sanoat uchun muhim boʻlgan faol mutantlar topdi va amaliyotga tatbiq etdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar16



Ijtimoiy-gumanitar fanlar7



Tabiiy fanlar70



Filologiya7