O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mirzayev Amanturdi

Mirzayev AmanturdiTibbiyot fanlari doktori, professor

    Amanturdi Mirtazayev 1948 yili 5 iyulda Qashkadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tavallud topdi.
    Dehqonobod tumanidagi S. Rahimov va Lomonosov nomli, Qamashi tumanidagi “Kommunist” nomli maktablarida tahsil olib, o‘rta maktabni “a’lo” baholarga yakunladi. Otasi Mirtaza aka (cho‘pon) farzandlari: Rahmonberdi, Olloberdi, Murodjon, Xursanoy, Zaynabxon va Oysoatlarning tung‘ichi bo‘lgani uchuy Amanturdining harakatlarini zimdan kuzatarkan, o‘g‘lining “doktor” bo‘lishidan umid qilardi. Amanturdining orzusi 1965 Yili uni Toshkent davlat tibbiyot institutining sanitariya - gigiyena fakultetiga yetakladi. U bolalikdagi xayollarini haqiqatga aylantirish uchun tinmay o‘qidi, onasi Hanifa opaning “odamlarga rahmli, g‘amxo‘r bo‘lishi” haqidagi o‘gitlarini ko‘ngliga muhrladi. Natijada 1971 Yili Tosh¬kent davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tugatdi. Institutdan keyin ToshDTIning epidemiologiya kafedrasida stajyor - tadqiqotchi, aspirant, assistent, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. 1991 - 1993 yillari Moskva shahrida Markaziy Epidemiologiya ilmiy tadqiqot institutida doktoranturada tahsil oldi. 1981 yili nomzodlik, 1993 yili doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi...
    A.    Mirtazayevning bevosita rahbarligida tuman Davlat sanitariya - epidemiologiya nazorati markazining moduli tashkil qiladi A. Mirtazayevning 5 ta darslik, 2 ta monografiya, 300 dan orgiq ilmiy maqolalari, 15ta o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. U o‘zbek tilida birinchi marotaba yozilgan “Epidemiologiyadan amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma” (2003Y.) va Epidemiologiya (2016Y.) darslik kitoblarining muallifidir. Olim rahbarligida 2ta doktorlik, 6 ta nomzodlik va Yuga magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Amanturdi Mirtazayev “O‘zbekistonning yetuk epidemiolog olimi” deb tan olingan. U 2000 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi epidemiolog vrachlar uyushmasining raisi. O‘zbekistonda birinchi marotaba “Salomatlik” institutini va uning viloyatlardagi 14ta filiallarini tashkil qildi. Uning boshchiligida 2005 ya’ni “Salomatlik” yilida “Sog‘lom turmush asoslari” nomli kitob chop qilinganligi mamlakatimiz konstitutsiyasining 14 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali majlisda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti tomonidan e’tirof etilganligi ham olimning mehnatlariga berilgan haqqoniy bahodir desak, xato bo‘lmas...
    U O‘zbekistonda birinchi marotaba “Salomatlik” institutini va uning viloyatlardagi 14 ta filiallarini tashkil qildi A. Mirta¬zayev Germaniya, Shotlandiya, Daniya, Turkiya, Latviya va Mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlarida bo‘lib, u yerlardagi profilaktik tibbiyot bilan yaqindan tanishib, ularning ijobiy tomonlarini respublikamizga joriy etdi. Professorning sa’y - harakatlari bilan tibbiyot oliygohlari talabalari, magistrlari, amaliyotdagi epidemiolog shifokorlar uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilib, o‘quv jarayonida va amaliyotda ulardan foydalanilmoqda. 15 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya hay’ati eksperti, Davlat test markazida xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha ekspert hay’ati a’zosi, so‘nggi 20 yil mobaynida sanitariya - epidemiologiya sohasidagi vrachlarga malakaviy toifa berish bo‘yicha Respublika Attestatsiya hay’ati a’zosi. Ustoz “Aktualniye voprosiy formiro¬vaniya zdorovogo obraza jizni, profilaktiki zabolevaniy i uk¬repleniya zdorovya” (Alma - ata), “Epidemiologiya i vaktsinologiya” (Moskva), “Zooveteriiariya” (Toshkent) jurnallarining hay’at a’zosidir.
    Amanturdi aka rafitsasi Raxima opa (shifokor) bilan farzandlari: Nargiza (tibbiyot kolleji o‘qituvchisi), Nilufar (litseyda hisobchi), Shoira (tadbirkor), Umidjon (Turon bank Zangiota filiali boshlig‘i), Komila (litsey talabasi) ini oq yuvib, oq tarab, kamolga yetkazishdi. 10 nafar nabiralari esa bobo va buvijonlarining oppoq xalatlariga havas bilan qarashadi... Havas orzuga aylansa ajab emas!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5