Filologiya fanlari doktori, professor
1956 yil 15 iyulda Rishton tumani Buloqboshi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1973 yili tumandagi 5 - o‘rta maktabni tamomlagan. O‘z faoliyatini 1973 yilda Farg‘ona mexanika zavodi ishch
1974 - 1978 iligidan boshlagan. yillarda Farg‘ona davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. 1978 - 1982 yillari shu institutning “Pedagog” gazetasi mas’ul kotibi, 1982 - 1985 yillari o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, 1985 - 1993 yillari katta o‘qituvchisi, 1993 - 1994 yillari dotsenti, 1994 - 1995 yillari FarDU nutq madaniyati kafedrasi dotsenti, 1995 - 1998 yillari FarDU doktoranti, 1998 - 2000 yillari umumiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti, 2000 - 2004 yillari o‘zbek filologiyasi fakulteti dekani, 2004 - 2007 yillari o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, 2007 - 2012 yillarda esa professori lavozimlarida faoliyat olib bordi.
2012 yildan FarDU tilshunoslik kafedrasi professori. 2014 - 2015 yillari universitet ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, 2015 yilning 16 martidan universitet tahririyat - nashriyot bo‘limi muharriri va 2017 yil sentyabr oyidan tilshunoslik kafedrasi professori lavozimlarida ishlab kelmoqda.
1990 yili filologiya fanlari doktori, professor A.Matg‘oziev rahbarligida “Okkazional - nutqiy nominatsiyada motivatsiyaning roli” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000 yili “O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy - insoniy xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2008 yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan. 2010 yili unga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan professorlik ilmiy unvoni berilgan. 2014 yil yanvarda OAKning filologiya, pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha ekspert Kengashi a’zosi etib tasdiqlangan.
S.Mo‘minovning shu kunga qadar bitta monografiyasi, muloqot madaniyatining turli qirralariga oid o‘ndan ortiq o‘quv - uslubiy qo‘llanma va risolalari, sakkiz she’riy to‘plami, respublikaning nufuzli ilmiy jurnallari va to‘plamlarida 100 dan ziyod ilmiy, 600 dan ortiq publitsistik maqolalari e’lon qilingan. Filologiya fanlari doktorlari, professorlar A.Nurmonov, A.Sobirovlar bilan hamkorlikda ona tilini chuqur o‘rganishga ixtisoslashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5 - 9 sinf o‘quvchilari uchun “Nutq madaniyati” fanidan yozilgan o‘quv qo‘llanmasi va darsliklari chop etilish arafasida.
S.Mo‘minov bir necha xalqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Respublika ilmiy hayotida ham faol ishtirok etadi. Shu kungacha uning rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. O‘nlab shogirdlari tilshunosligimizning turli dolzarb mavzularida izlanishlar olib bormoqdalar.
Uning mehnatlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi” ko‘krak nishoni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, Fargona viloyati hokimining Faxriy yorliqlari va sovgalari bilan taqdirlangan.