O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mukarramov Muhammadjon

Filologiya fanlari  doktori, professor

    1941 yil 10 aprelda Tojikiston Respublikasi  Hisor tumani  Dehqonobod  qishlog‘ida  tug‘ilgan.1959 yilda  o‘rta maktabni  tugatdi. 1960 yilda  Qo‘qon  davlat pedagogika  institutining  boshlang‘ich  ta’lim metodikasi   fakultetiga  o‘qishga  kirdi. 1965 yili mazkur  institutni  imtiyozli  diplom  bilan yakunladi. Shundan so‘ng  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar akademiyasi  qoshidagi  Til va adabiyot institutida  laborant, kichik ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Bu davr  mobaynida  institutning  lug‘atchilik   sektorida  ham samarali  faoliyat  yuritdi  Institut  tomonidan  tayyorlangan 65 ming  so‘zni  o‘z ichiga  olgan “Imlo  lug‘ati” ni tayyorlashda  munosib  hissa qo‘shdi.  Xususan, chetdan kirgan  so‘zlarning  imlosini   belgilashda  katta izlanishlar  olib bordi. 1968 yili shu institut qoshidagi  aspiranturaga  o‘qishga kirib, 1971 yili  tamomladi va “Hozirgi o‘zbek tilida   o‘xshatish va uni  ifodalovchi  vositalar”, mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi.
  1971 yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshladi. Keyinchalik katta o‘qituvchi, kafedra dotsenti, o‘zbek tili kafedrasi mudiri, boshlangich talim metodikasi fakulteti va o‘zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida ishladi. M. Mukarramov 1996 yilda universitetda nutq madaniyati kafedrasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi hamda mazkur kafedraning tamal toshini qo‘ydi.
  1985 yilda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili ilmiy stilining semantik - funktsional aspekta” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
  Uning uch monografiyasi va yigirmadan ortiq zamonaviy o‘zbek tili muammolariga oid maqolalari chop etil di. “Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili”, “Nauchnыy stil uzbekskogo xudojestvennogo yazыka”, “O‘zbek tilida o‘xshatish” kabi ilmiy - nazariy jihatdan puxta monografiyalari ilmiy jamoatchilik o‘rtasida e’tibor topdi. Ustozning zahmatli mehnatlari uchun Mustaqillikning dastlabki yilida “Xalq maorifi a’lochisi” faxriy unvoni berildi. O‘zbek tili stilistikasi asoschilaridan biri bo‘lgan olimning “O‘zbek tilida o‘xshatish” nomli risolasi nashr etildi.
  Professor M. Mukarramov o‘z tadqiqotlari va tinimsiz izlanishlari  natijasida vodiydagina  emas, balki butun   respublikada  stilistika  maktabining  asoschilaridan  biriga aylandi. Ustoz yodi  ilm ahli  hamda shogirdlar xotirasida bir umr  hurmat  bilan  saqlanib qoladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80