O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nabiyev Maxmudjon Bozorovich

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

    1952 yil 89 iyunda Farg‘ona shahrida  tug‘ilgan. 1969 - 1974 yillarda Farg‘ona  davlat  pedagogika instituti fizika - texnika  fakulteti  fizika umumtexnika fanlari va mehnat o‘qituvchisi   yo‘nalishi bo‘yicha  talim olgan. 1974 - 1977 yillarda  Farg‘ona viloyati  Qo‘shtepa  tumani 17 - maktab fizika o‘qituvchisi, 1977 - 1982 yillarda Farg‘ona  davlat  pedagogika  instituti  fizika - texnika  fakulteti  laboratoriyasi mudiri, 1982 - 1985 yilarda  Farg‘ona  davlat pedagogika  institutida  ilmiy  izlanishlar bo‘yicha  katta  muhandis ,  fizika -  texnika  fakulteti dekan  o‘ribosari , 1985 - 1988 yillarda   Sankt - Peterburg  shahridagi  Rossiya  Tok manbalari  ilmiy tekshirish  instituti  aspiranti, FarDU 1 - litsey – internatining oliy toifali  fizika o‘qituvchisi, tabiiy  fanlar  yo‘nalishi bo‘yicha kafedra mudiri bo‘lgan.  2001 - 2015 yillar davomida  fizika - texnika  fakulteti  dekani o‘ribosari, dekan,  mehnat muhofazasi  kafedrasi  mudiri,  nazariy fizika kafedrasi  dotsenti lavozimlarida  mehnat qildi. Hozir fizika  kafedrasining dotsenti lavozimlarida mehnat qildi.  Hozir fizika  kafedrasining  dotsenti  vazifasida ishlab kelmoqda.
  2001 yilda “O‘zbekiston xalq  talimi  alochisi”  ko‘krak nishoni bilan  taqdirlangan.
  Qaytadan tiklanadigan energiya o‘zgartirgichlar va ular  asosidagi  qurilmalar  ixtisosligi bo‘yicha “Yarim o‘tkazgich termoelementlarning  ekstremal  uslublarda ishlashi va ular  asosidagi  qurilmalarda yemirilishi” mavzusidagi  nomzodlik  dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010 yil 30 dekabrda Oliy  attestatsiya Komissiyasi  tomonidan ilmiy Kengashining  qaroriga ko‘ra , “Qaytadan  tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya  qurilmalari yo‘nalishi bo‘yicha fizika kafedrasi dotsenti” diplomini oldi. Ilmiy tadqiqot ishlari  bilan birga, “Fizika”, “Materiallar qarshiligi”, “Optika”, “Tabiiy fanlar  kontseptsiyasi”  kabi fanlardan talabalarga  saboq bermoqda. Ilmiy izlanishlari  bo‘yicha “Termoelektrik  samaralar”  fan to‘garagida 2005 yildan  iqtidorli talabalar uchun mashg‘ulotlar  o‘tib keladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5