O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nazarov Nikolay Nikolayevich

Nazarov Nikolay Nikolayevich    Matematik, professor (1935). Fizika-matematika fanlari doktori (1938). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1945).
    Universitet fizika o’qituvchilari - Nikolay Stepanovich Nazarov va Yekaterina Alekseevna Pavlovalar oilasida tug’ilgan.
    O’rta ta’limni uyda olgan. 12 yoshida Samarqand arxitektura va qurilish institutining matematika bo’limi talabasi (1924). Leningrad shahri V.A.Steklova qoshidagi matematika institutining aspirantura bo’limini tamomlagan (1928).
    Samarqand arxitektura va qurilish institutida matematika kafedrasi mudiri (1938-1947).
    Matematika va mexanika instituti direktori (1943-1947).
    Toshkent temir yo’llari transport institutida matematika kafedrasi mudiri (1945-1947).
    Ilmiy ishi ortogonal polinom nazariyasi, integral va integro-differensial tenglamalar, shuningdek, mexanika va aerodinamika nazariyasiga tegishli. Gimnastika sporti ustasi.
    Nikolay Nikolaevich Toshkentda mashhur insonlardan biri bo’lgan, o’n yoshda maktabni tamomlab, O’rta Osiyodagi mexanika-matematika universiteti bo’limiga o’qishga kirdi. 17 yoshida universitetni tamomlab, 28 yoshida universitet professori bo’ldi. Sportga qiziqishi katta bo’lgan, gimnastika sporti ustasi bo’lib, sirkda o’zining akrobatik nomerlari bilan qatnashgan. Yozni odatda tog’ bag’irlarida o’tkazgan, kimsasiz tog’ cho’qqilarida sayohat qilgan, yerdan 4000 m baland Fedchenko muzligida o’pka shamollashi bilan kasallanib, vafot etgan. Hatto 40 yoshni ham qarshi olmagan edi.
    “Faxriy belgisi” ordeni bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar70



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar20



Filologiya5