Tarix fanlari nomzodi
1932 yil 12 aprelida Toshhovuz viloyati Kalinin (hozirgi Bo‘ldumsoz) tumanining Dishqi (hozirgi “10 yil obodonlik”) qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan.
Ajoyib tarixchi olim, taniqli jamoat xodimi, uzoq yillar boshqaruv tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatgan Saidmat (Saidmuhammad) Normatovni vohada ko‘pchilik yaxshi taniydi. 1947 yilda o‘rta maktabni bitkazgach, ularning oilasi ota – bobolari yurti bo‘lgan Tozayormishga ko‘chi bkeladi. Saidmatav va qishloq maktablarida ishladi. 1949 - 1951 yillarda Toshhovuz (hozirgiS.O.Niyozovnomli) tuman xalq sudida kotiblik qildi.
1951 yil oxirida endigina 18 yoshga to‘lgan Saidmatni xalq deputatlari Toshhovuz tuman kengashiga deputat qilib saylashib, ray ijro qo‘mning mas’ul kotibligiga ishga olishdi.O‘shadavrda Ko‘hnayormish qishloq Kengashida Qo‘shjon Tojimov, Tozayormish qishloq Kengashida esa, Ro‘zmat Abdullaev kotib bo‘lib ishlashardi.
1953 yil sentyabrida Respublika firqa maktabiga o‘qishga tavsiya qilindi. Shungacha u 1950 yilda Beki Seytakov nomidagi Tosh hovuz pedagogika bilim yurtida sirtdan o‘qish bilan birga yustitsiya ministrligining Ashg abaddagi yuridik texnikumiga sirtdan o‘qishga kirgan edi. Texnikumni 1954 yilda bitkazdi. Shu o‘qishlarni tugatgach, 1957 yilda Tosh hovuz tuman komsomol komitetining birinchi kotibligiga saylandi. Keyinchalik tuman partiya komiteta propaganda va agitatsiya, partiyaviy – tashkiliy ishlar bo‘limlari mudiri (1958 - 1964), ideologiya ishlari bo‘yicha kotib (1964 - 1967) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. 1964 yilda Turkman Davlat universitetining tarix – yuridik fakultetida sirtdan o‘qib, uni tugatishda Tozayormish qishlog‘ining tarixi mavzusida DIPLOM IShINI HIMOYA QILDI.
1967 yilda Ijtimoiy fanlar akademiyasiga o‘qishga tavsiya qilindi. Akademiyani 1970 yilda bitkazib, “1918 - 1924 yillarda Xorazmda kontrr evolyutsiyaning tor - mor etilishi” degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qildi. Shundan keyin uni TKP Markaziy Komitetga ishga taklif qilishdi. U yerda Chorjo‘y (hozirgiLebob) viloyati bo‘yicha inspektor bo‘lib ishladi.
1971 yilda viloyat tashkilotlari qayta tiklangach, Toshhovuzobkomining propaganda va agitatsiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlay boshladi. 1974 - 1979 yillarda obkomning mafkuraviy ishlar bo‘yicha kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.
1979 Yil sentyabridan muallimchilik ishiga o‘tib, 1980 yilgacha Turkman Davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi va Toshhovuz viloyati bo‘yicha sirtdan o‘qiydigan studentlar bilan ish olib boruvchi konsultativ punkt mudiri bo‘lib ishladi.
1980 Yilning sentyabrida M.I.Kalinin nomli Turkman Davlat qishloq xo‘jalik institutining Toshhovuzda agronomchilik va gidromelioratsiya fakultetlari ochilishi munosabati bilan u yerda ishlashga taklif etildi. 1987 yilgacha o‘sha fakultetlar Ashxobodga ko‘chirilganiga qadar katta o‘qituvchi, so‘ngra ijtimoiy hamda gumanitar bilimlar bo‘yicha kafedra mudiri bo‘lib ishladi. O‘sha davrda unga dotsent unvoni berildi.
1987 - 1993 yillarda Toshhovuz shahridagi 21 – kasb - hunar maktabi, 1 - kollej, 4 - litsey direktori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.
Mehnat faoliyati davomida “Turkmaniston xalq maorifi a’lochisi” nishoni (1992 yil), “Mehnat”, “Qizil Bayroq” ordeni, uchta medal, Turkmaniston Respublikasi Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Ittifoq, Respublika va viloyat gazeta - jurnallarida, maqolalar to‘plamlarida 50 dan ko‘proq ilmiy maqolalari chop etilgan. 1976 yilda “Ilm” nashriyotida “Xorazmda kontr revolyutsiyaning tor - mor qilinishi (1918 - 1924 y.)” degan kitobi chop qilindi.
Umrining oxirgi yillarida “Amudaryo quyi oqimida harbiy interventsiya va grajdanlar urushi” degan ilmiy kitobini nashrga tayyorlagan.
Jamoat va davlat idoralarida ishlagan davrlarida uch marta tuman, to‘rtmarta viloyat, bir marta shaxdr Kengashilariga va bir marta Turkmaniston Oliy Kengashiga deputatlikka saylandi. Bir nech bor TKP tuman, viloyat hamda Markaziy Komitetlari tarkibiga kiritilgan. 2011 Yili vafot etdi.