O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nosirova Mavluda

    Mavluda Ergashevna Nosirova 38 yildan buyon Jizzax davlat  pedagogkika  institutida  faoliyat yuritib  keladi, pedagogika  fanlari nomzodi, dottsent.Uning 50 dan ziyod ilmiy-uslubiy ishlari turli nashrlarda chop etilib, keng o‘quvchilar ommasiga havola etilgan.
    Qat’iyatli, har bir ishni reja bilan amalga oshiradigan Mavluda Ergashevna maqsadiga erishish, ya’ni hayotda o‘z o‘rnini topish uchun jasorat bilan zinama - zina olg‘a intilgan.
    U Jizzax tumanida o‘sib ulg‘aydi. Umumiy o‘rta maktabni 1974 yilda oltin medalga bitirib, shu yili Nizomiy nomli respublika pedagogika instituti (hozirda Toshkent davlat pedagogika universiteti)ning matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1978 yilda yo‘llanma bilan Jizzax davlat pedagogika institutiga ishga keldi. Bu yerda dastlab “Oliy matematika” kafedrasida o‘qituvchi, “Fizika – matematika fanlarini o‘qitish uslubiyati” kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida mehnat qildi.
    U 2001 yildan buyon “Umumiy matematika” kafedrasi dotsentidir.
    Shu davr mobaynida, ya’ni 1979 - 1985 yillarda O‘zbekiston pedagogik fanlar ilmiy tadqiqot institutida ilmiy tadqiqotchi, aspirant sifatida bilimini oshirdi, izlandi.
    M.Nosirova 1992 yilda “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida va pedagogika oliy o‘quv yurtlarida matematikani o‘qitishda izchillikni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy ishini yakunlab, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
    U muntazam ravishda viloyat, respublika ilmiy - nazariy va ilmiy - amaliy anjumanlarida o‘zining qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.
    Mavluda Ergashevna talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan ko‘rik - tanlovlar, bellashuvlarni tashkil etishda faolligi uchun institut ma’muriyati tomonidan bir necha marta faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan, 2003 yilda esa “Fidokor muallim” esdalik yorligi va ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
    M.Nosirova olima sifatida o‘z ilmiy - uslubiy qo‘llanmalarini hayotga tatbiq etish borasida Jizzax shahridagi 4 - maktabda matematika kabinetlarini zamonaviy asosda jihozlab, 100 dan ortiq innovatsiya elementlari ifoda etilgan ko‘rgazmali qurollar va modellarni jamoa yordamida yaratdi.
    Ta’limning ulug‘vor strategik maqsadi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari bo‘yicha mehnat qilayotgan Mavluda Ergashevna Nosirova 2007 yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
    Mavludaxon Nosirova oilada ham xushbaxtdir. U turmush o‘rtog‘i Nosirov Xolmirza bilan birgalikda to‘rt farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdilar.
    Qizlari Zilolaxon va Nigoraxonlar pedagog, o‘g‘illari Sardorbek va Diyorbeklar iqtisodchi. Harakatchan olimaning farzandlari ham o‘zi kabi xalqimizning ijtimoiy -  iqtisodiy turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmokdalar.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5