O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nurmatova Mukarram Ahmedovna

    O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakulteti "Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik" kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Nurmatova Mukarram Ahmedovna mazkur universiteting Tarix fakulteti Falsafa bo‘limini imtiyozli diplom bilan tugatgan. O‘z pedagogik faoliyatini 1980 yili Toshkent Politexnika instituti (Hozirgi TDTU)da o‘qituvchilikdan boshlagan.
    1994 yilda Respublika yosh olimlarining yoshlar tarbiyasiga oid ilmiy tadqiqot ishlari tanlovida ishtirok etib, Mirzo O‘lug‘bek nomidagi 1-darajali mukofotga sazovor bo‘lgan. 1996 yildan 2001 yilgacha ToshDTO‘ "Falsafa" kafedrasida dotsent lavozimida ishlab, "Falsafa" fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni ilmiy, nazariy va uslubiy jihatdan yuqori darajada olib borish bo‘yicha yetarli tajribalar orttirgan, so‘ngra ToshPTI Falsafa kafedrasida, UzMO‘ Falsafa fakultetining "Etika va estetika" kafedrasi dotsenti, "Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik" kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Hozirgi kunda ushbu kafedra professori.
    Mukarram Nurmatovaning ilmiy tadqiqot ishlari yo‘nalishlari - axloqiy qadriyatlar; estetik qadriyatlar; madaniyat falsafasi; ma’naviyat falsafasi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi; turmush estetikasi va shaxsning ma’naviy kamoloti; sharq axloqiy tafakkur tarixi va uning jaxon tsivilizatsiyasidagi o‘rni; kabi dolzarb muammolar bo‘lib, ularning mazmuni 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta o‘kuv qo‘llanma, 6 ta o‘quv- uslubiy qo‘llanma, va "Shaxs kamolotida axloqiy va estetik qadriyatlar uyg‘unligi" deb nomlangan mono- grafiyada o‘z aksini topgan.
    Nurmatova Mukarram Ahmedovna respublika va xalqaro konferentsiyalarning doimiy ishtirokchisi. 2003 yil AQSh Indiana universitetida o‘tkazilgan X-Yevroosiyo, 2004 yil XI-Yevroosiyo xalqaro ilmiy anjumanida, 2013 yil Ozarbayjonning Astara shahrida o‘tkazilgan xalqaro konferentsiya va Gretsiyaning Afina shahrida o‘tkazilgan XXIII Jahon Falsafa Kongressida ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.
    2009-2011 yillarda "Shaxs ma’naviy (Axloqiy- estetik) kamolotini rivojlantirish" va "Aholini axborot-psixologik xurujlardan himoya qilish texnologiyalarining nazariy asoslarini takomillashtirish" ilmiy tadqiqot loyihalarida ishtirok etgan. 2015 yildan  O‘zR Oliy Majlisi huzuridagi NNT va  fuqorolik jamiyatining boshqa institutlarini  qo‘llab-quvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining Davlat byudjetida" Fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va uni ommaviy axborot  vositalarida yoritilishi (Toshkent shahar namunali mahallari
    Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining Davlat byudjetida "Fuqarolik jamiyatini rivojlantirilishida mahalla institutining o‘rni va uni ommaviy axborot vositalarida yoritilishi (Toshkent shahar namunali mahallalari misolida)" nomli ilmiy loyihani bajarishda ishtirok etmoqda.
    Mukarram Nurmatova universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. O‘ning bevosiga tashabbusi, g‘oyalari, fikrlari bilan o‘quv guruhlarida, talabalar turar joylarida bir qator ma’naviy-axloqiy hamda badiiy-estetik tadbirlar o‘tkazilgan.
    2013 yil "Sog‘lom turmush tarzi - obod turmush kafolati" va 2014 yil "Sog‘lom turmush tarzi - ma’naviy barkamol avlod poydevori" Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarini muvaffaqiyatli tashkil etgan.
    Respublika radio va televideniesi ma’naviy- ma’rifiy ko‘rsatuv va eshittirishlarining faol ishtirokchisi.
    Olima o‘z faoliyati davomida 10 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalariga hamda 30 dan ortiq BMIlariga rahbarlik qildi. Hozirgi kunda 4 ta katta-ilmiy xodim izlanuvchi va bitta mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchiga rahbarlik qilmoqda.
    Mukarram Nurmatova Respublika xotin-qizlar "Olima" uyushmasi boshqaruv rayosatining a’zosi, "O‘zMO‘ xabarlari" ilmiy jurnalining tahrir hay’ati a’zosi, O‘zbekiston "Faylasuflar jamiyati" a’zosi, "YuNYeSKO" huzurida tashkil etilgan faylasuf ayollar tarmog‘i a’zosi. Mirzo O‘lug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha Ilmiy Kengash a’zosi, doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi.
    Ayol - olima, ayol - rahbar, pedagog, jamoat ishlarida faol... O‘ning jamiyatda o‘z o‘rni, salmog‘i, salohiyati bor, biroq u oilada beka, farzandlarning mehribon onasi, xonadoni ko‘rki hamdir. Mukarramxon ham oilali, uch farzandning onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80