O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ochildiyev David Yakubayevich

Ochildiyev David Yakubayevich Tarix fanlari doktori, professor,

     1932 yil 2 dekabrda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Shahardagi 6 - sonli o‘rta maktabni tamomlagandan so‘ng, 1954 - 1958 yillari O‘rta Osiyo davlat universitetida tahsil olgan. 1958 - 1960 yillarda Farg‘ona  davlat pedagogika instituti  tarix kafedrasi o‘qituvchisi , 1960 - 1963 yillarda Sharq mamlakatlari  tarixi  kafedrasi aspiranti, 1960 - 1963 yillarda shu institutda  Eron - Afg‘oniston sektorida ilmiy xodim bo‘lib  ishlagan.
    D.Ochildiev 1963 yil “Nekotori voprosi vnutripoliticheskogo polojeniya Afganistana v nachale XX veka” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1967 yil dotsentlik unvonini olishga sazovor bo‘lgan. 1965 - 1968 yillarda tarix kafedrasi mudiri lavozimida faol mehnat qilgan.
    1968 - 1970 yillari sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi lavozimida, professor L. A.Xalfin ilmiy rahbarligida, doktoranturada ilmiy - tadqiqot ishlari olib bordi. Moskva FA Sharq mamlakatlari institutida 1975 yili “Obshestvenno - politicheskaya misl v Afganistane nakanune zavoevanie nezavisimosti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    1978 yil umumiy tarix kafedrasi professorligi unvonini olgan D.Ochildiyev uzoq yillar umumiy tarix kafedrasi mudiri, 1977 - 1990 yilllar davomida institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida faol mehnat qildi. Uning rahbarligida institutda o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ilmiy - tadqiqot ishlarini tashkillash, takomillashtirish, ularni aspirantura va doktoranturaga hamda ilmiy komandirovkalarga jo‘natish bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Shu davr ichida o‘qituvchilar tarkibidan 15 dan ortiq fan doktori, 100 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan. Bundan tashqari, institut miqyosida xalqaro, respublika ilmiy anjumanlari o‘tkazildi.
    D.Ochildiyev ilmiy - pedagogik faoliyati va kadrlar tayyorlashdagi yutuqlari uchun 1980 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvonini olishga sazovor bo‘lgan. Shu bilan birga, O‘zbekistan Oliy Majlisi, Maorif vazirligi Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan, «Xalq maorifi a’lochisi» ko‘krak nishonini olishga muyassar bo‘lgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5