Murodilla Olimov 1951 yil 26 aprelda Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlog‘ida tug‘ilgan.
1968 yili Koroskon qishlog‘idagi 67 - o‘rta maktabni bitirib, Farg‘ona davlat pedagogika institutining matematika fakultetiga o‘qishga kirdi va 2 yil uni tamomladi. O‘z mehnat faoliyatini Namangan davlat pedagogika institutida o‘qituvchilikdan boshlagan.
1974 — 1982 yillarda O‘zFA Kibernetika institutida stajyor - tadqiqotchi, aspirant va ilmiy Hodim bo‘lib ishladi.
1982 — 1988 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filialida (hozirgi NMII) katta o‘qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishladi.
M.Olimov 1985 yili nomzodlik dissertatsiyasinimuvaffqiyatli himoya qildi va unga fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi.
1992 yili dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
1988 yildan Toshkent politexnika instituti Na mangan filialida (hozirgi NamMPI) katga o‘qituvchi, dotsent, dekan muovini lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.
1995 yildan Namangan sanoat - texnologiya instituti (hozirgi NamMPI) qoshidagi “Do‘stlik” litsey - internat (2000 yildan akademik litsey) direktori,2002 — 2000yillarda informatika fakulteti dek dni lavozimlarida ishladi.
2003 yil oxiridan boshlab informatika va axborotlar texnologiyasi kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Mehnat faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola, 50 dan ortiq ilmiy - uslubiy ko‘rsatmalar yozgan.