O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

O‘rishev G‘ulomjon

O‘rishev G‘ulomjon     G‘ulomjon O‘rishev 1946 yil 17 iyunda Andijon viloyati Balikchi tumani Zulfiqor qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1952 yili timandagi 11 - o‘rta maktabning 1 - sinfiga o‘qishga kirib, 1962 yili tumandagi 6 - o‘rta maktabning 10 - sinfini tamщmlagan. Shu yili Toshkent irrigatsiyalash va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislsk institutining Andijon filialiga “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”   ixtisosligi bo‘yicha o‘qishga kirib, 1967 yili shu ixtisoslik bo‘yicha Andijon paxtachilik institutini tamomlagan.
    Mehnat faoliyatini 1968 yildan O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy - tadqiqot institutida (hozirgi O‘zMEI) kichik ilmiy xodim lavozimida boshlagan.
    1968 yil may oyidan 1969 yil may oyigacha harbiy xizmatni o‘tagan. 1970 — 1972 yillarda zobitdar safida xizmat qilgan.
    Xizmatdan so‘ng mehnat faoliyatini davom ettirib, 1975 yili O‘zMEI aspiranturasining kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirib, “Tukli paxta chigitlarini ekishga tayyorlash texnologiyasi va mashinaning ishchi organlari o‘lchamlarini asoslash” mavzusida ilmiy ish olib borgan. 1982 yili qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha nomzoddik dissertatsiya- yeini yoqaagan. 1982 yildan 1989 yilgacha shu institutning mashina - traktor parkini ekspluatatsiya qilish bo‘limida katga ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
    1989 yil avgust oyidan boshlab, institut rahbariyatining taklifiga binoan pedagogik faoliyatini Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) katta o‘qituvchi lavozimida davom ettirmoqda. Hozirgi kunda transport fakultetining avtomobillar, traktorlar va o‘qitish metodikasi kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
    U o‘zining ilmiy - pedagogik faoliyati mobaynida 60 dan ziyod ilmiy maqola va uslubiy ko‘rsatmalar yozgan hamda 4 ta ixtiro uchun mualliflik guvohnomasiga ega.
    Hozirgi paytda “G‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish texnologiyasini takomillashtirish va ekish agregatini yaratish” mavzusida davlat granti bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari olib bormoqtsa.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5