Psixologiya fanlari nomzodi, pedagog va olima Otajonova Odina Alijonovna 2009 yildan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga psixologiya fanidan dars berib kelmoqda. U o‘z faoliyati davomida pedagogik mahorati, yuqori bilim darajasi, ishga o‘ta mas’uliyat bilan yondoshishi va albatta yaxshi, go‘zal fazilatlari orqali institut jamoasi, talabalar o‘rtasida katta hurmat qozondi.
Odina Otajonova 1993 yili milliy maktablarda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent Davlat Jahon tillari universitetini tugatgan. O‘z pedagogik faoliyatini maktabdan boshlagan, Toshkent shahar Bektemir tumani Xalq ta’limi bo‘limida Tashxis markazi rahbari lavozimida ishladi.
2003 - 2006 yillari Respublika “Oila” ilmiy - amaliy markazi aspiranturasining kunduzgi bo‘limida ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha tahsil oldi. “Oila muhitida o‘smirlarda shakllanadigan jinsiy identifikatsiyaning gender xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiya gli himoya kilib, psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Respublika “Oila” ilmiy - amaliy markazida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 2009 yildan esa Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida psixologiya fanidan talabalarga dars berib kelmoqda.
Tadqiqot natijalari asosida ilmga qo‘shgan hissasi shundaki, unda to‘plangan ma’lumotlar va empirik tahlillar O‘zbekistonda to‘liq oilalarda shaxs jinsiy identifikatsiyasining gender muammo sifatida o‘rganilishi yangicha yondashuvni ta’minlaydi. Jinsiy identifikatsiya jarayoni etnopsixologik asoslarining O‘zbekiston Respublikasi sharoitida o‘rganilishi, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham shu yo‘nalishda krossmadaniy, ya’ni qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazishga keng yo‘l ochadi va gender tadqiqotlar buyicha Markaziy Osiyo psixologiyasi rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi birinchi marta o‘smir yoshli o‘g‘il va qiz bolalardagi jinsiy identifikatsiya to‘liq oiladagi kattalar va yoshlar gender tasavvurlari doirasida o‘rganildi va turli ijtimoiy guruhlardagi gender tafovutlar qiyosiy jihatdan tahlil etildi. O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy - psixologik tamoyillarga asoslangan ushbu tadqiqot dastlabki empirik ish bo‘lib, u oiladagi yaxlit kommunikativ faoliyatning turli jins vakillaridagi ijtimoiy identifikatsiya, refleksiya va stereotiplarga bog‘liq jarayon sifatida talqin etilishiga imkon berdi. Nazariy taxlil asosida tashkil etilgan empirik izlanishda o‘zbek oilasida tarbiya topayotgan o‘smir yoshli o‘g‘il va qiz bolalarning o‘z jinsini anglashida ota - onaning, ulardagi liderlik rollari taqsimotining, o‘zbek ayoli va erkagining oiladagi mavqei ular tarbiyalayotgan o‘g‘il va qiz bolalarda gender tasavvurlarning adekvat shakllanishi uchun ob’ektiv shart-sharoit va ijtimoiy - psixologik omil ekanligi isbotlandi.
Otajonova Odina Alijonovna shu davrgacha 2 ta uslubiy qo‘llanma, 40 dan ziyod xalqaro va respublika miqyosidagi konferentsiya hamda OAK tasarrufidagi respublika jurnallarida chop etilgan maqolalalar muallifi.
2015 o‘kuv yilida oliygohdagi kasb ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Kasbiy psixolog iya” o‘quv qo‘llanmasini nashrga tayyorladi.
2012 - 2014 yillarda “Diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha mahalla maslahatchilarining ishini samarali tashkil etish va oilalarda sog‘lom ma’naviy muhit yaratishning innovatsion omillari” mavzusidagi ijtimoiy loyiha rahbari sifatida Farg‘ona viloyatida ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qildi.
Odina Otajonovaning mazkur o‘quv yillar davomida o‘z ishiga mas’uliyati va mehnatsevarligi, o‘z ustida tinimsiz ilmiy va ijodiy izlanishlari sabab, talabalarda psixologiya fanini chuqurroq o‘rganishlariga va psixologik talqinga boy ijod namunalarini yaratishlariga turtki bo‘lmoqda.
Olima insttut “Ustoz murbbiylar” kengashi raisi sifatida, guruh murabbiylarining ishini samarali tashkil etishda, talabalarni eng avvalo tarbiyali, jamiyatimiz uchun munosib fuqarolar bo‘lib kamolga yetishida murabbiylarning eng yaqin ko‘makchisiga aylangan.
Odinaxon oilali, to‘rt o‘g‘ilning onasi.
Hayotdagi shiori: “Intilganga tole yor”.