O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qodirov Olimjon

Qodirov Olimjon     Olimjon Qodirov 1942 yil  Namangan viloyati Norimn tumani Norinkapa qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1959 yil o‘rta maktabni tugatgach , Farg‘ona  davlat pedagogika instituti fizika - matematika  fakultetining fizika bo‘lmiga  o‘qishga kirggan. 1965 yilda  institutni  muvaffaqiyatli tamomlab, Namangan davlat pedagogika institutining  fizika kafedrasida mehnat faoliyatini  boshlagan. Dastlab kafedrada katta laborant, muhandis - fizik va 1969 yil Toshkent davlat pedagogika institutining nazariy fizika kafedrasida stajyor - tadqiqotchi, 1971 yildan esa shu kafedrada aspirant sifatida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan.
1974 yildan Namangan davlat pedagogika instituti fizika kafedrasida o‘qituvchi, 1979 yildan boshlab Toshkent politexnika institutining Namangan filialining   (hozirgi  NamMPI ) fizika      kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va dotsent vazifalarida ishlab kelmoqda.
O. Qodirovning texnika oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Fizika kursi” (mexanika va molekulyar fizika qismi) o‘quv qo‘llanmasi 1993 yil Toshkentd “O‘qituvchi” nashriyotida chop etilgan bo‘lib, hozirda respublika miqyosida talabalar undan keng foydalanmoqdalar.
Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy - uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofikdashtiruvchi Kengash Prezidiumining 2002 yil 12 oktyabrdagi 29 - sonli qaroriga ko‘ra O. Qodirovning “Fizika kursi” (mexanika va molekulyar fizika qismi) va A. Boydedaev bilan hamkorlikda yozgan “Fizika kursi” (kvant fizika qismi) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilishga tavsiya qilingan  O. Qodirovning bir necha ilmiy, ilmiy - uslubiy, tadqiqot ishlari xorijiy mamlakatlar va respublikamiznin 
nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan hamda xalqaro, respublika miqyosidagi anjumanlar to‘plamlarida e’lon qilingan.
O. Qodirov tomonidan tayyorlangan “Fizika fanidan muammoli ma’ruzalar matni” institutda o‘tkazilgan tanlovda g‘olib deb topildi.
Shuningdek, O. Qodirov 30 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya5