O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qosimov Xursanali Nurmatovich

Qosimov Xursanali NurmatovichFizika-matematika fanlari  nomzodi, dotsent

    1963 yil 7 fevralda Farg‘ona viloyati Bag‘dod  tumani 2 -  Bag‘dod  qishlog‘ida  tavallud topgan.  1971 - 1981 yillarda  6 -  o‘rta   maktabda o‘qidi. 1981 - 1986  yillari  Toshkent davlat  universiteti  matematika   fakultetida  tahsil oldi. 1987 -1989  yillari  O‘zR FA  Matematika  institutida  shogird - tadqiqotchi,1989 - 1992  yillari  mazkur  institutning  differantsial  tenglamalar  bo‘limi  kichik ilmiy  xodimi  lavozimida  ishladi. 1993 yili   shu institutda  fizika - matematika  fanlari nomzodi ilmiy darajasini  olish uchun “Kasr tartibli  integro - differantsial  operatorlarining bazi  xossalari va ularning  tatbiqlari” mavzusidagi  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya qildi. 1998  yilda dotsent ilmiy unvonini  olishga  muyassar  bo‘ldi.
    1993 yili FDU ning matematika fakulteti algebra va matematika analiz kafedrasiga  o‘qituvchi lavozimiga ishga taklif   qilindi. 1994 yildan  differantsial  tenglamalar kafedrasining  katta  o‘qituvchisi, 1996 yildan  shu kafedraning dotsenti  va matematika  fakulteti   dekani o‘rinbosari, 1999 - 2004 va 2008 - 2011 yillari  matematika   fakultetining  dekani  lavozimida  faoliyat ko‘rsatdi. 2011 yildan  hozirgi kunga qadar  matematik analiz va difeferantsial tenglamalar  kafedrasining  dotsenti  lavozimida  ishlamoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5