O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qosimova Guljaxon Mahmudovna

    Guljaxon Qosimova 1950 yil 13 fevralda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Maktabda o‘qib yurgan yillari ingliz tili darsiga juda qiziqqan. Bilmaganlarini so‘rayvergan - so‘rayvergan. O‘qituvchisi xam hayron. Bir xil o‘quvchilarining ingliz tilida xatto salom berishga tili kelishmaydi - ku, bu qizaloq hamma so‘zlar mazmunini tushinishga, hatto oddiygina bo‘lsa - da jumlalar tuzishga urinadi. O‘qituvchining unga boshqacharoq e’tibor berishining bosh sababi ham shu bo‘ldi. Ustoz uning kelajagini ko‘ra oldi. U bilan alohida shug‘ullandi, soatlab qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tdi. Guljahonning tillari chindan ham aylana boshladi. Bu shu kasb sari ilk qadamlar edi, deyish mumkin. U Farg‘ona shahrilagi 10 - o‘rta maktabni bitirib, shu yili Farg‘ona Davlat Pedagogika institutining chet tili fakultetiga o‘qishga kirdi. Taqdirning mehribonligini qarangki, uni institutda qoldirishdi. Guljahon Qosimova endi ingliz tili o‘qituvchisi. Butun zexnini talabalarning ko‘ngilli bilim egallashlariga qaratdi. Ularga e’tibor berdi. Har bir darsida nimanidir egallashlariga erishdi. Guljahon Maxmudovna 1989 yilda tarix fani bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va chet tillar kafedrasida katta o‘kituvchi, kafedra mudiri vazifasini o‘tadi.
    1986 - 1991 yillarda fakultet dekani o‘rinbosari, 1991 yildan esa chet tillar fakulteti dekani bo‘lib ishladi. Bu davrda talabalar uchun ingliz tili klubi tashkil etdi. Klubga “Tinchlik” Korpusi, AQSh va Buyuk Britaniyadan mutaxassislar taklif etildi. U chet tillar fakulteti qamrovini kengaytirish, undagi ishlarni yanada yaxshilashga erishdi. Yoshlarning chet tili bo‘yicha bilimlarini mustaxkamlash va o‘rganishning yangi usullarini takomillashtiriga katta e’tibor bermoqda. Ularning LKSYeLS dasturi bo‘yicha tillar o‘rganish, xamda boshqa mamlakatlarda  o‘qishni davom ettirishlariga katta xissa qo‘shdi. Ayniqsa, ilm - fan, ma’naviy - ma’rifiy va tarbiya masalalari bilan shug‘ullanib, yoshlarni mustaqil O‘zbekistonga xizmat qilish ruhida tarbiyalashda o‘rnak ko‘rsatmoqda.
    G. M. Qosimova 20 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. Ko‘plab anjuman va seminarlarda ma’ruzalari bilan qatnashgan va qatnashmoqda. U o‘z pedagogik maxoratini oshirish maqsadida Avstriya va Shotlandiyada bo‘ldi, u yerda o‘tkazilgan ilmiy - amaliy seminarlarda ishtirok etdi.
    G.M.Qosimova 2000 yildan buyon Farg‘ona Davlat universiteti rektorining ma’naviyat - ma’rifat masalalari bo‘yicha 1 - prorektori bo‘lib ishlab kelmoqda. Ayol rahbar sifatida Guljahon Mahmudovna bo‘sh vaqtlarini talaba qizlar tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Uning diqqat - e’tiborini turmush qurgan, oilali talaba qizlar ko‘proq jalb etadi. Bundaylarning o‘qishi, yashash sharoitlari uning nazaridan chetda qolmaydi. Guljahon Mahmudovna viloyat xotin - qizlar qo‘mitasi a’zosi, viloyat Olima ayollar uyushmasi raisi sifatida ham tinib - tinchimaydi. Bu, albatta, uning eng yaxshi fazilati xisoblanadi.   



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5