O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rahimov Ilhomjon

Rahimov Ilhomjon    Ilhomjon Abdullayevich  Rahimov 1966 yil 4 iyunda  Namangan viloyati Namangan tumani  Rovsuton  qishlog‘ida  xizmatchi  oilasida  tug‘ilgan. 1983 yilda  Namangan tumanidagi 34 - o‘rta maktabni  oltin medal bilan  tamomlab, Toshkent politexnika  instituti  Namangan filialining   qurilish fakultetiga  o‘qishga kirdi. 1985 yildan 1987 yilgacha  harbiy  xizmatni  o‘tadi.
    1987 yildan  o‘qishni davom  ettirib, 1990 yilda  tamomladi.
    Mehnat faoliyatini 1990 yidtsan Namangan shahar “Agrokommun qurilish ta’mir” tashkilotida muhandis lavozimida boshladi. 1991 yilda Toshkent mashinasozlik instituti Namangan filialining (hozirgi NamMPI) qishloq xo‘jaligi qurilishi kafedrasiga katta laborant lavozimiga ishga o‘tdi.
    1991 - 1993 yillarda Moskva davlat pedagogika universitetida ilmiy izlanishlar olib borib, 1993 yilda “Umumtexnika fanlarini o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
    1993 yildan 1998 yilgacha Namangan sanoat - texnologiya institutining (hozirgi NamMPI) muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
    1998 yildan kasb - hunar ta’limi kafedrasi dotsentligiga o‘tkazildi.
    2000 yildan hozirga qadar pedagogika va pedagogik texnologiyalar kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
    I. A. Rahimov respublika va institut miqyosidagi ilmiy - amaliy konferentsiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5