O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rahimov Xurram

Rahimov XurramFilologiya fanlari nomzodi, dotsent

    Qahramonimiz hayot otlig‘ muqaddas ne’matni ILM va IJOD nuri bilan orolagan. Xurram Rahimov... 1951 yil 4 yanvarda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tavallud topdi. Xurram oila a’zolari: Abdurashid (harbiy), Abduqayum (injener), Abdunayim (rassom), Shuhratjon (tadbirkor), Muborak va Gulnora (nemis tili o‘qituvchisi)lar otasi Rayimboy aka (hisobchi) va onasi Sharofat aya (bibi xalifa)larning doiishmandona o‘gitlari bilan voyaga yetishdi. Ilmga tashna yigit 1967 yilda Jomboy rayonidagi M.Ulug‘bek nomidagi 18 - o‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlab, Toshkent Davlat Chet tillar pedagogika institutining Nemis tili fakultetiga o‘qishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyatli tugatgach, bir muddat “Uqituvchi” nashriyotida va Sirdaryo pedagogika instatutida ishladi. Yosh olim 1976 -   1979 yil M.Torez nomidagi Moskva Davlat Chet tillar pedagogika institut aspiranturasida ilmini takomillashtirdi. 1980 yil shu institutda “Nemis reportajlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1980 - 1987 yil Toshkent Davlat Chet tillar pedagogika institutida, 1987 - 1994 yil Tosh¬kent Davlat Universitetida dotsent sifatida faoliyatini davom ettirdi va doktoranturada tahsil oldi. 1994 — 1998 yil Liberti qo‘shma korxonasi bosh direktori Xurram Rahimov o‘zi xohlaganidek, chet tillarda bemalol suhbatlashadigan, ijod qiladigan olim va siyosatchi bo‘lib yetishdi. Professor R. Rahimov 1998 - 2001 yil Nizomiy nomidagi TDPU kafedra dotsenti, 2001 - 2002 yil Chet tillar fakulteti dekani va 2004 — 2012 yil Olmon tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, 2016 yilgacha mazkur kafedra professori sifatida ishlab kelgan. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasigacha 3 ta, himoyadan so‘ng 190 ta filologiya, jurnalistika va pedagogikaning turli mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy va o‘quv uslubiy ishlanmalari, jumladan, 27 ta o‘quv qo‘llanma, o‘ttizga yaqin ilmiy ma’ruza va maqolalari chet tillarda chop etildi. U 180 dan ortiq nemischa - o‘zbekcha va 70 ga yaqin o‘zbekcha - nemischa xalq ertaklari, 60 dan oshiq she’riy tarjimalar, 30 ta tarjima kitoblari Germaniya va O‘zbekistonda chop etilgai. 50 dan ortiq publitsistik va 180 ta ilmiy maqolalar e’lon qilgan. Xurram Rahimov — A. Navoiyning 100 ta gazalini olmon tiliga tarjima qilgan kuchli iqtidor egasi. Professor X.R.Rahimov ayni paytda “Olmoi - o‘zbek (folklor aloqalari nazariyasi va amaliyoti (qiyosiy uslubshunoslik va tarjimashunoslik ko‘lamida)” nomli loyiha ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Olim ko‘plab ilmiy anjumanlar, jumla¬dan, 8 ta xalqaro konferentsiya tashkilotchisi. U O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarining chet el universitetlari bilan xalqaro aloqalarini shartnomalar asosida keng yo‘lga qo‘ygan. X.Rahimov yordamida ko‘plab o‘zbek pedagoglari Yevropa OTMlarida malaka oshirib qaytishayapti. Professor X.R.Rahimov 2002 yildan buyon Germaniyaning Frayburg universiteti qoshidagi Deutsch - Usbekiscvhe Wissenschaftliche Gesellschaft - DUWG (Germaniya - O‘zbekiston Ilmiy Jamiyati) va 2018 yildan O‘zbekiston nemis tili o‘kituvchilari assotsiatsiyasi DLVU raisi. Professor DUWG koshida 2010 yilda ta’sis etilgan AVICENNA ilmiy jurnali bosh muharriri sifatida ham ikkala mamlakat olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikka o‘z hissasini ko‘shib kelmoqda. Shuningdek, professor Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi Respublika Ta’lim markazining nemis tili bo‘yicha eksperti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Tarjima kengashi a’zosi. Ayni paytda Xurram Rahimovich O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitstida faoliyat yuritmoqda. Xurram akaning oilasi ham havas qilgulikdir. Rafikasi Sharifa Salimova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, shoira va tarjimon. Farzandlari: Gulgun (ingliz tili mutaxassisi), Gulruh (falsafa fanlari doktori), Nozima (xalqaro jurnalist), Nodira (axborot texnologiyalari soxasi bo‘yicha doktoranturada tahsil olayapti) hamda 7 nabira oiladagi musaffo iqlimdan nafas olib tarbiya topishgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80