O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasining “Menejment” kafedrasi mudiri, “Zamonaviy menejment nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, “Bozor iqtisodiyoti va asoslari tamoyillari” fakulteti dekani, iqtisod fanlari doktori professor, Xalqaro mehnat va bandlik akademiyasining akademigi, ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanmalar, monografiya va risolalar muallifi, uning rahbarligida 10 fan nomzodi, ko‘plab magistrlar tayyorlandi. Bular Dilfuzaxonning ilmiy faoliyatining yorqin sahifalari .
Iqtidorli va ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi bo‘lgan otasi Nihmatjon aka va onasi Muharram aya olti farzandini ham o‘qitib, ilmli qilishdi. Biroq otasi Dilfuzaning shifokor bo‘lishini hog‘lardi. Taqdir taqozasi bilan Dilfuza ota kasbini tanladi va bundan hech qachon afsuslanmadi. U vaqtining ko‘p qismini ilm olishga, uni o‘zgalar bilan baham ko‘rishga sarflaydi, biroq bundan o‘zi zavq oladi, xech qachon zerikmaydi. U hamisha yangilikka intiladi, hatto oilada ham yangi tansiq taomlar o‘rganib barchani lol etishni istaydi. Sportga , dizaynerlikka qiziqadi Muammolarni og‘ir - vazminlik bilan hal qilishga harakat qiladi. Bir so‘zli , qatiyatli, biroq kechirimli, kek saqlamaydi. Oilali , ikki farzandning onasi.
Professor Dilfuza Rahimova jamoat ishlarida ham faol, u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK iqtisod fanlari bo‘yicha ekspert azosi, Akademiya qoshidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan kengash azosi, Respublika olima ayollar uyushmasining revizion komissiyasi raisi.