Biologiya fanlari doktori, professor Rahimova To‘raxon Uzoqovna 1939 yil 9 mayda Samarqand shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ekologiya kafedrasi mudiridir.
T. U. Rahimova maktabda o‘qib yurgan chog‘idan boshlaboq biologiya - ekologiya fanlariga mexr qo‘ydi. So‘ng Samarqand Davlat universitetining biologiya – tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1961 yil uni muvaffaqiyatli bitirib, O‘zFAning Botanika instituti aspiranturasiga qabul qilindi. Uning nomzodlik dissertatsiyasi Qizilqum sharoiti sun’iy yaylovlar hosil qilish! maqsadida o‘simliklar ekologiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan edi. “Elleniya turlarini solishtirma ekologik kuzatish!” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, ilmiy ishlarini Farg‘ona adirlarida yana davom ettirdi.
Olima Chortoq, Chust va Pop adirlarida ilmiy ekspeditsiyalarida bo‘lib, ilmiy kuzatishlar olib bordi. “O‘zbekiston adirlari sharoitida ozuqabop o‘simliklarning bio - ekologik moslashuvi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ham zafarli yoqladi. Bu ilmiy ishlarning natijasi shu bo‘ldiki, u amaliyotda tadbiq qilingach, Farg‘ona adirlari sharoitida yuqori hosil beruvchi sun’iy yaylovlar hosil qilindi. 1990 yili T. U. Rahimova ekolog mutaxassislar tayyorlash munosabati bilan ToshDUga pedagogik ishga taklif qilindi. U professor lavozimida bir necha umumiy va maxsus kurslardan ma’ruzalar o‘qimoqda. 1995 yildan to hozirgi kungacha ekologiya kafedrasining mudiri, kafedrada bakalavriyat bilan bir qatorda 4 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar ham tayyorlamoqda.
T. U. Rahimova yirik ekolog olimlar D. N. Katkarov, Ye. P. Korovin, T. Z. Zohidov, I. I. Granitov tashkil qilgan maktabning davomchisi sifagida o‘z ilmiy ishlarini davom ettirmoqda. U O‘zbekistonda ilk bora o‘simliklarning ekologik klassifikatsiyasini yaratdi. Turkiya, Xitoy, Hindiston, Isroil va boshqa davlatlarda o‘tgan xalqaro anjumanlarda o‘z ilmiy ishlari xaqida ma’ruzalar qilgan. Xozirgi vaqtda u o‘z shogirdlari bilan xalqaro ilmiy loyixalar bo‘yicha Norvegiya, Isroil, AQSh olimlari bilan xamkorlikda ish olib bormoqda.
T. U. Raximova yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. Shuningdek u, doktorlik dissertatsiyasini yoqlash bo‘yicha ilmiy kengash a’zosi, Ekosan Xalqaro jamg‘armasi ayollar Assotsiatsiyasining raisi va Ekosan Toshkent klubining a’zosidir.
To‘raxon Uzoqovnaga 2000 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” unvoni berilgan.