Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Qosimjon Rahmonov 1950 yil Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida dunyoga kelgan. U maktabni muvaffaqiyatli yakunlab, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerli institutining “Yer tuzish” fakultetiga o‘qishga kirdi. Q. Rahmonovning intilishlari imtiyozli diplomga loyiq ko‘rildi. 1997 yilda ikkinchi mutaxassislik sifatida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Amaliy psixologiya” fakultetini tamomlab, ta’lim tizimida amaliy psixolog mutaxassisligini egalladi. 1985 - 1988 yillarda aspiraiturada tahsil olarkan, ustozi boshchiligida ilmiy ishini davom ettirdi. 1989 yili osa nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyingi yillar olim uchuy hayot pillapoyalaridan ishonch bilan odimlash davri bo‘ldi. 1976 - 1995 yil “Yer tuzishni loyihalash” kafedrasining assisten¬ta, katta o‘qituvchisi, dotsenti, 1995 yildan ushbu kafedra mudiri, 1999 - 2004 yillar davomida “Yer tuzish va yer kadstri” fakultetining dekani lavozimlarida faoliyat yurntdi. Qosimjon Rahmonov dare jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etishni birinchilardan bo‘lib targ‘ib kildi. Olim bitta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar va fan dasturlarining muallifi, respublikada tashkil etilgan qator yirik ilmiy anjumanlar boshlig‘idir. Q. Rahmonov Yer kadastri, Yer monitoringi, Davlat kadastrlari va Yer - axborot bazasini shakllantirish mavzularida olib borgan ko‘p yillik tadqiqotlari bilan Yevropa Hamjamiyati, Xalqaro fondlarning qator ilmiy grantlarida faol ishtirok etib kelayapti. Jumladan, 1998 - 2003 yillarda respublikamizda yer resurslaridan samarali foydalanishga oid xalqaro “BASIS”, TYeM PUS va Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) ning “Yorqin nuqtalar” loyihalarida ishtirok etgan. 2003 yildan O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirilgan qo‘mitasi tomonidan ajratilgan fundamental, innovatsion va ilmiy - amaliy grantlarga rahbarlik qilib, institut moddiy texnika bazasini mustahkamlashda va kafedra - professor uqituvchilarini qo‘shimcha ish haqi olishiga ko‘maklashdi. Salohiyatli olim foydali ishlanma va elektron dasturlarga pa¬tent hamda guvohnomalar muallifi hamdir. Uning tashabbusi bilan 2012 yilda homiy tashkilotlardan 104 mln so‘mlik eng zamonaviy geodezik asbob - uskunalar kafedra balansiga o‘tkazilgan. Qosimjon Rahmonov TYeMPUS Xaqaro grantlari tarkibidagi loyihada faol ishtirok etishi natijasida institutda Angliya, Shvetsiya, Finlyan-diya, Sloveniya va O‘zbekiston hamkorligida xalqaro standardlarga mos bo‘lgan “Yer resurslaridan foydalanish va boshkarish” va “Geo¬deziya va kartografiya (geoinformatika) magistratura mutaxassisliklari ochildi.
Q.Rahmonov LQP, Angliya, Vengriya, Gollan-diya, Finlyandiya va Shvetsiya davlatlarining sohaga oid nufuzli universitetlarida ilmiy seminar, anjumanlarda ishtirok etib, kurslarda o‘z kasbiy va pedagogik malakasini oshirdi. 2016 - 2017 yillarda o‘tkazilgan IX va X respublika innovatsion yarmarkasida diplomlar bilan tatsdirlandi. Olim yetakchi ilmiy xodim sifati- ia institutda 2ta ilmiy muammoli yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarga rahbarlik qilib yelmoqda Qosimjon aka ibratli oila boshlig‘i sifatida rafiqasi Gulsara ona (er tuzuvchi muhandis) bilan farzandlari: Jahongir (Shvetsiya sr kadastri agentligi muhandisi), Sherzod (Toshkent davlat texnika instituti katta o‘qituvchisi), Nazokatxon (Toshkent Pedagogika univesiteti - amaliyotchi psixolog) larning muvaffqiyatlaridan masrur va besh nafar nabiralariniig shukrini qilib yashayaptilar.
Bugun Qosimjon aka ish joyida ham, mahalla - ko‘yda ham hurmatga sazovor. Ayniqsa, uni yo‘klab keladigan talabalar, yoshlar orasida kasbini sevadigan shogirdlari ko‘pligidan faxrlanadi. Ularning yutuqlarini ko‘rib, mehnatlari besamar ketmayotganida g‘ururlanadi. Donishmandlardan biri aytganidek: “O‘g‘il - qizga san’at va bilim o‘rgatish kerak, toki bu fazilatlar tufayli larning fe’l - atvorlari matlub bo‘lsin”.