O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rizayeva Safiya Mamadovna

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining yetakchi ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori, professor Safiya Mamadovna Rizayeva Respublikamizning g‘o‘za sistematikasi va filogeniyasi sohasidagi yetuk olimasidir.
  Safiya Rizayevaning asosiy ilmiy faoliyati dunyo g‘o‘zasining turli xil namunalarini tadqiq etish, ularning muayyan tizimdagi o‘rnini, filogenetik qarindoshlik darajasini, Gossypium L. turkumining turli tur va shakllarining evolyutsion surilish bosqichlarini aniqlash, olingan nazariy va amaliy ma’lumotlarni fanga tatbiq etish, yovvoyi g‘o‘za germoplazma fondidan irsiy xususiyatlarni madaniy polipliodlarga o‘tkazish va nasliy jihatdan yangi shakllar yaratish, bir - biriga uzoq turlarni duragaylash uslubi istiqbolli ekanligini isbot etishdan iboratdir.
  Qayd etilgan uslublar majmuidan foydalanish g‘o‘zaning yovvoyi va madaniylashtirilgan turlarining biologik xususiyatlarini yetarli darajada chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi. Poli - ploid turlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi yangi gipoteza taklif etildi. Birinchi marotaba Safiya Mamedovna tomonidan istiqbolli poliploidlar, qimmatli genlar majmuidan iborat murakkab polegenom duragaylar olish jadvali ishlab chiqildi.
  Rekombinatsiya jarayonini va umuman selektsiya jarayonini tezlashtiruvchi yangi genotipli qimmatli belgilar majmuini ta’minlovchi turli xil duragaylarni olish uslublari ishlab chiqildi va takomillashtirildi. Tabiiy erta barg to‘kuvchi va boshqa foydali xo‘jalik belgilari bilap ajralib turuvchi bir qator nodir uch genomli duragay tizimlari olindi.
  Shu bilan bir qatorda, professor F. M. Mauyer va akademik A. A. Abdullayev tomonidan tashkil etilgan Respublikamizning milliy boyligi sanalgan g‘o‘za genofondining nav namunalarini o‘rganish, saqlash va yangilash bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshiradi. G‘o‘za genofondi, o‘z navbatida g‘o‘za ilmi rivojlanishining asosi bo‘lib, fiziologiya, biokimyo, molekulyar biologiya, biotexnologiya, gepetika, selektsiya agrobiologiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlarga asosi: poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
  Professor Rizayeva Safiya Mamedovna 1 ta monografiya, 250 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi sifatida nafaqat bizning mamlakatimizda balki chet  el olimlari orasida ham mashhurdir. Shu jumladan 200 dan ortiq ilmiy maqolalari respublikamiz ning mustaqillik yillariga to‘g‘ri keladi.
  “G‘o‘zaga ishlov berish” nomli patentning hamd istiqbolli “Tenofond – 2” navining mualliflari dan biridir.
  Shu yillar davomida Rizayeva Safiya Mamedov na rahbarligida 4 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, yana 5 ta doktorlik dissertatsiyalar: tayyorlanmoqda.
  Professor Safiya Mamedovnaning bevosita ishtirokida va rahbarligida Amerika, Afro - Osiyo Hindi - Xitoy, Avstraliya g‘o‘za turlarini har tomonlama o‘rganish uchun turli morfologik, tsitologik, embriologik, kariologik hamda eksperimen tal poliploidiya uslublari yordamida tadqiqotla o‘tkazilmoqda.
  U hozirgi paytda O‘simlik va hayvonot olam genofondi instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi; xuddi shu ilmiy kengashda genetika sohasi bo‘yicha kirish imtihonlarini va doktorlik minimumlarini qabul qilish komissiyasining raisi O‘simlik va hayvonot olami genofondi institu ti, O‘zbekiston Milliy upiversiteti, Genetik va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasin beruvchi ixtisoslashgan ilmiy kengash qoshidag ilmiy seminar a’zosi; Toshkept davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengash a’zosi Toshkent Davlat Agrar universiteti va Andijon  Qishloq xo‘jalik instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi; 2002 yildan hozirgacha Respublika Vazirlar Mahkamasi qoshidagi byudjetlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha APK ekspert kengashining a’zosi; Markaziy Osiyo va Kavkazorti mamlakatlari bo‘yicha  o‘simliklar genetik resurslari institutining (FAO IPGRI) g‘o‘za bo‘yicha guruh a’zosidir.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5